HUQUQIY EKSPERTIZA ‒ NORMA IJODKORLIGI FAOLIYATINING ASOSIY BOSQICHI SIFATIDA
Kalit so‘zlar:
davlat, norma ijodkorligi, hujjat, qonun, huquqiy, ekspertiza, loyiha, bosqich, xulosa, adliya, qaror, buyruq.Annotatsiya
Bugungi kunda yurisprudensiyada norma ijodkorligi dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan tadqiqot mavzularidan biridir. Norma ijodkorligi faoliyati normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish, loyihalarni manfaatdor idoralar bilan kelishish, jamoatchilik muhokamasi hamda huquqiy va boshqa turdagi ekspertizani amalga oshirishni qamrab oladi. Ta’kidlash lozimki, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasi norma ijodkorligi faoliyati asosiy bosqichlaridan biri hisoblanadi. Maqolada normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasi bosqichida qabul qilinishi lozim bo‘lgan normativ tusdagi rasmiy hujjatlarning amaldagi qonunchilikka muvofiqligi izchil o‘rganilgan. Shundan kelib chiqib, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasi va ushbu bosqichda ishtirok etuvchi davlat organlari faoliyatiga oid nazariy hamda huquqiy masalalar atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada norma ijodkorligi faoliyatining asosiy bosqichi sifatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasi amaldagi qonunchilik normalari asosida batafsil ochib berilgan. Ilg‘or xorijiy tajriba tahlili asosida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasiga oid chet el amaliyoti o‘rganilgan. Mavzudan kelib chiqib, huquqni qo‘llash amaliyoti va milliy qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.