ARBITRAJDA HUQUQNI TANLASH: MDH DAVLATLARI QONUNCHILIGIDA HUQUQNI TANLASH YONDASHUVLARI
Kalit so‘zlar:
arbitraj, huquqni tanlash, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, kollizion huquq.Annotatsiya
Ushbu maqola Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (keyingi o‘rinlarda MDH deb yuritiladi) a’zo davlatlar xalqaro tijorat arbitrajlarida yuzaga keladigan huquqni tanlash yondashuvlari (voie directe va voie indirecte) masalalarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada huquqni tanlash masalasini ko‘rib chiqish uchun ko‘p bosqichli tadqiqot metodologiyasidan foydalanilgan. MDH mamlakatlarida tijorat nizolarini hal etishda moddiy huquqni aniqlash uchun voie directe va voie indirecte usullari qo‘llaniladi. Birinchi usul sudga nizoni tartibga soluvchi qonunni aniqlash vakolatini bersa, ikkinchi yondashuvda kollizion huquq qoidalari qo‘llanilgan. Mazkur tadqiqot ishida qayd etilgan ikki yondashuv usuli MDH davlatlari tajribasi misolida tadqiq etilgan. Shuningdek, Oʻzbekistonda xalqaro tijorat arbitraj sudi yangi tashkil etilgan institut sifatida oʻrganilgan.