RAQAMLI O‘ZBEKISTON VA ELEKTRON JAMOATCHILIK NAZORATI SHAKLLARIGA BOSQICHMA-BOSQICH O‘TISHNING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI
Kalit so‘zlar:
jamoatchilik nazoratini raqamlashtirish, jamoatchilik nazoratining elektron shakllari, jamoatchilik nazorati usullari, jamoatchilik nazorati bo‘linmalari, elektron jamoatchilik nazorati, raqamlashtirishdagi milliy tajriba, jamoatchilik nazorati amaliyoti, jamoatchilik nazorati nazariyasi.Annotatsiya
Mazkur maqola jamoatchilik nazoratining zamonaviy raqamlashtirilgan shakllarini joriy etish, elektronlashtirish, milliy tajribada jamoatchilik nazoratining o‘ziga xos jihatlari, elektron jamoatchilik nazorati va ularning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan. Maqolada jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish hamda takomillashtirish usullari, jamoatchilik nazorati mexanizmlari, jamoatchilik nazoratiga oid xalqaro tajriba, jamoatchilik nazorati mexanizmlariga oid milliy tajriba, elektron jamoatchilik nazorati, jamoatchilik nazoratini rivojlantirish istiqbollari kabi masalalar tahlil etilgan. Unda ilgari surilgan taklif va tavsiyalardan jamoatchilik nazorati bo‘yicha uning raqamlashtirilishi, elektronlashtirish omillarini milliy qonunchilikda ishlab chiqish jihatlari va jamoatchilik nazoratining ilmiy-nazariy masalalarini o‘rganishda foydalanish mumkin.