HUQUQ IJODKORLIGIDA KONSEPTUAL VA TERMINOLOGIK APPARATDAN FOYDALANISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASPEKTLARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

qonun ijodkorligi, huquqiy tushunchalar, huquqiy atamalar, konseptual va terminologik apparat, huquqiy tushuncha ta’rifi, huquqiy atama ta’rifi

Annotatsiya

Maqolada qonun ijodkorligida huquqiy tushunchalar va terminologik apparatdan foydalanishning nazariy va uslubiy asoslariga doktrinal yondashuvlar ko‘rib chiqildi. Tadqiqotda qo‘llanadigan ilmiy bilish, qonun ijodkorligi jarayonini tavsiflovchi ilmiy-amaliy materialni umumlashtirish va tahlil qilish usullari tushuncha va atamalarning huquqiy tartibga solish mexanizmidagi rolini aniqlash imkonini berdi. Maqolada qonun ijodkorligi faoliyati subyektlari tomonidan huquqiy atamalarni qo‘llash holati va muammolari qisqacha tahlil qilingan. Qonun ijodkorligi jarayonida ishlab chiqilgan konseptual va terminologik apparatning ayrim kamchiliklari hamda nomuvofiqliklari, ularning huquqiy tartibga solish sifati, samaradorligiga ta’sirini aniqlashda amaldagi qonun hujjatlarining aniq misollaridan foydalanildi. Huquqiy tushuncha va atamalarning mohiyatini nazariy tahlil qilish asosida ularning qonun ijodkorligi faoliyatidagi qiymati va ahamiyati ochib berildi, shuningdek, huquq ijodkorligi jarayonida ularni to‘g‘ri va asosli qo‘llash talablari tahlil qilindi. Muallifning “huquqiy tushuncha” va “yuridik atama” terminlariga ta’rifi taklif etilib, ulardan qonun ijodkorligi amaliyotida foydalanish mezonlari va shartlari ko‘rib chiqildi. Xususan, ilmiy asoslangan, ommabop tushuncha va atamalarni shakllantirish ehtiyojlari yoritib berildi, ularni qonun hujjatlariga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Qonun ijodkorligi amaliyotida huquqiy tushuncha va atamalarni tushunish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha ilmiy xulosalar va tavsiyalarni hisobga olishning obyektiv zarurligi asoslab berildi.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-15