FUQAROLIK HUQUQLARINI HIMOYA QILISHNING FUQAROLIK HUQUQI KATEGORIYASI SIFATIDAGI TIZIMLI TALQINI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

paradigma, fuqarolik huquqlari, qonuniy manfaatlar, subyektlar, himoya, huquqbuzarlik, tiklash, huquqni qo‘llash

Annotatsiya

Maqolada fuqarolik huquqlarini himoya qilish paradigmasi zamonaviy sivilistika va huquqni qo‘llash faoliyatining asosiy konseptual kategoriyasi sifatida tadqiq etilgan. Himoya instituti buzilgan huquqlarni tiklash, ularning buzilishining oldini olish va huquq-tartibotni mustahkamlashga qaratilgan fuqarolik-huquqiy tartibga solishning tizimli elementi ekanligi ko‘rsatib berilgan. Himoyaning ko‘p darajali tabiatini ochib beruvchi turli ilmiy yondashuvlar – funksional, faoliyatli, instrumental va huquqiy munosabat yondashuvlari tahlil qilingan. Subyektiv fuqarolik huquqlarini himoya qilishning zamonaviy tushunchasini belgilovchi milliy doktrina va xalqaro huquqiy standartlarning konseptual qoidalariga alohida e’tibor qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va sud amaliyoti tahlili asosida adolat, mutanosiblik va protsessual samaradorlik tamoyillariga tayangan himoyaning milliy modelini shakllantirish tendensiyalari aniqlangan. Himoya qilish usullari va choralarini yanada tizimlashtirish, shuningdek, ularning qonunchilikdagi tartibga solinishini takomillashtirish zarurati qayd etilgan. Zamonaviy fuqarolik huquqlarini himoya qilish paradigmasi preventiv, tiklash va kompensatsiya funksiyalarini integratsiya qilib, fuqarolik muomalasi barqarorligini, qonun ustuvorligini va shaxsning sud orqali himoyalanishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqi amalga oshirilishini ta’minlaydi degan xulosaga kelingan. Mazkur maqola keng kitobxonlar ommasi – ilmiy hamjamiyat vakillari va yuridik fanlar o‘qituvchilaridan tortib, amaliyotchi yuristlar, sudyalar va doktorantlargacha boʻlgan shaxslarda qiziqish uyg‘otadi. Tadqiqot natijalari va xulosalaridan fuqarolik qonunchiligini takomillashtirishda, yuridik oliy o‘quv yurtlarining o‘quv jarayonida hamda huquqni qoʻllash amaliyotida foydalanish mumkin. 

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-27