BARQAROR QISHLOQ XO‘JALIGINI XALQARO HUQUQIY TARTIBGA SOLISH: O‘ZBEKISTONDA FAO VA IFAD MODELI
Kalit so‘zlar:
barqaror qishloq xo‘jaligi, FAO, IFAD, xalqaro-huquqiy hamkorlik, oziq-ovqat xavfsizligi, oziq-ovqat huquqi, ekologik barqarorlik, “yumshoq huquq” vositalariAnnotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy xalqaro huquq doirasida qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga ko‘maklashishda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (IFAD)ning normativ va funksional o‘rni har tomonlama huquqiy tahlil qilingan. Tadqiqotda xalqaro agrar hamkorlikni shakllantiradigan normativ-huquqiy asoslar, tartibga solish tizimlari, institutsional boshqaruv mexanizmlari va loyihalarni amalga oshirish amaliyotini o‘rganish uchun O‘zbekiston misolida keys-stadi metodologiyasi qo‘llangan. Maqolada doktrinal huquqiy tahlil, qiyosiy-huquqiy baholash va siyosiy huquqiy hujjatlarni tizimli tahlil qilish orqali ko‘p tomonlama hamkorlikning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etiladi. Xalqaro huquqiy prinsiplarni, xususan, oziq-ovqat xavfsizligi standartlari va barqaror rivojlanish majburiyatlarini O‘zbekistonning milliy qonunchiligi va ma’muriy amaliyotiga implementatsiya qilish, uyg‘unlashtirish va moslashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, tadqiqotda qishloq xo‘jaligining uzoq muddatli barqarorligi va ijtimoiy-iqtisodiy mustahkamligini ta’minlashda institutsional muvofiqlashtirish, huquqiy muvofiqlik mexanizmlari, siyosatning izchilligi hamda rivojlanishga yo‘naltirilgan huquqiy islohotlarning samaradorligi baholanadi.