OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING YANGI TAHRIRDAGI KONSTITUTSIYASI ASOSIDA JINOYAT QONUNINI TAKOMILLASHTIRISH BOʻYICHA AYRIM MULOHAZALAR
Kalit so‘zlar:
konstitutsiya, konstitutsiyaviy prinsip, mutanosiblik prinsipi, yetarlilik prinsipi, jazo tizimi, ozodlikni cheklash, dekriminalizatsiya, jabrlanuvchi, zararAnnotatsiya
Maqolada Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi
asosida jinoyat qonunini takomillashtirishning bir qator yoʻnalishlari tahlil qilindi. Bunda ilmiy
bilishning tahliliy, umumlashtirish, qiyosiy-huquqiy, tizimli-tuzilmaviy va formal yuridik oʻrganish
usullaridan foydalanildi. Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi tegishli
qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishidan yoki mavjudligidan qatʼi nazar,
toʻgʻridan toʻgʻri amal qiladi, bu esa boshqa qonun hujjatlari, shu jumladan, insonning asosiy
huquq va erkinliklariga daxl qiluvchi jinoyat qonunining ham Konstitutsiyaga muvofiqligini koʻrib
chiqishni taqozo etadi. Shu munosabat bilan maqolada yangi tahrirdagi Konstitutsiyadan kelib
chiqib, Jinoyat kodeksini takomillashtirish boʻyicha soha vakillari oldida turgan asosiy vazifalar
haqida fikr yuritilgan. Xususan, jinoiy jazo choralarini mutanosiblik va yetarlilik konstitutsiyaviy
prinsiplariga muvofiqligi nuqtayi nazaridan qayta koʻrib chiqish yoʻnalishida ozodlikni cheklash
jazosini qoʻllash mumkin boʻlgan shaxslar doirasini aniq belgilash, Jinoyat kodeksida nazarda
tutilgan jazo choralarining eng kam va eng koʻp miqdorlari oraligʻidagi jazo choralarini qoʻllash
asoslarini tushuntiruvchi qoʻllanma tayyorlash, mutanosiblik va yetarlilik kabi konstitutsiyaviy
prinsiplardan kelib chiqib, ayrim jinoyatlarni dekriminalizatsiya qilish hamda ayrim jinoiy
jazo miqdorlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflar ilgari surilgan. Shuningdek, Jinoyat
kodeksining tegishli institutlarini davlatning jabrlanganlarga yetkazilgan zararning oʻrni
qoplanishi uchun shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy majburiyatini amalga
oshirish nuqtayi nazaridan qayta koʻrib chiqish hamda Jinoyat kodeksida taqiqlangan ayrim
jinoyat tarkiblarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish boʻyicha ham aniq taklif va
tavsiyalar ishlab chiqilgan.



