MULKNI QASDDAN NOBUD QILISH YOKI UNGA ZARAR YETKAZISH JINOYATINING JAVOBGARLIKNI OG‘IRLASHTIRUVCHI BELGILARI
Kalit so‘zlar:
mulkni qasddan nobud qilish, javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlar, ko‘p miqdorda zarar, atrofdagilar uchun xav�li usul, diniy taassub, irqiy adovat, millatlararo nizolar, uyushgan guruh, jinoyat-huquqiyAnnotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173-moddasida nazarda tutilgan mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish jinoyatining javobgarlikni og‘irlashtiruvchi belgilari ilmiy-huquqiy jihatdan tahlil qilingan. Xususan, millatlararo yoki irqiy adovat hamda diniy taassublar zamirida sodir etish, atrofdagilar uchun xavfli usuldan foydalanish, ko‘p miqdorda zarar yetkazish, shuningdek, xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsning yoxud uning yaqin qarindoshlarining mulkiga tajovuz qilish hamda uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etish kabi kvalifikatsiyalovchi holatlarning mazmun-mohiyati ochib berilgan. Shuningdek, ushbu belgilarning jinoyatni kvalifikatsiya qilishdagi ahamiyati, sud-tergov amaliyotida uchraydigan ayrim muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan ilmiy taklif va tavsiyalar ilgari surilgan. Tadqiqot natijalari mazkur jinoyatni boshqa turdosh jinoyatlardan farqlash, jinoyat-huquqiy normalarni bir xil qo‘llash amaliyotini shakllantirish, sud-tergov organlari faoliyatida yuzaga kelayotgan ayrim muammolarni bartaraf etish hamda mulk daxlsizligini ta’minlashning samarali huquqiy mexanizmlarini rivojlantirishda muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Ushbu tadqiqot kelgusidagi ilmiy izlanishlar uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti vakillari, ilmiy tadqiqotchilar va yuridik soha mutaxassislari uchun muhim ilmiy-amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.



