OʻZBEKISTONDA KIBERJINOYATLARNING RIVOJLANISHI HAMDA ULARNI TERGOV QILISH MUAMMOLARI
Kalit so‘zlar:
kiberjinoyatchilik, kiberxavfsizlik, raqamli tergov, kiber�iribgarlik, sun’iy intellekt, raqamli dalillar, kriminologik nazariya, Budapesht konvensiyasiAnnotatsiya
Maqolada kiberjinoyatchilikning zamonaviy jamiyatdagi o‘rni, uning kriminologik, ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy jihatlari kompleks hamda tizimli tahlil qilingan. Mavzuning dolzarbligi kiberjinoyatlarni tergov qilish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar: texnik ta’minotning yetarli emasligi, malakali kadrlar tanqisligi, raqamli dalillarni aniqlash, saqlash va baholashdagi murakkabliklar bilan belgilanadi. Tadqiqot davomida Oʻzbekistonda kiberjinoyatlarning rivojlanish dinamikasi, ularning sodir etilish usullari, tarkibiy tuzilmasi hamda yetkazilgan iqtisodiy zarar hajmi rasmiy statistik ma’lumotlar asosida o‘rganilgan. Shuningdek, kiberjinoyatlarning “cyber-dependent” va “cyber-enabled” kabi turlari, ularning ijtimoiy xavflilik darajasi, jumladan, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilayotgan jinoyatlar atroflicha tahlil etilgan. Maqolada kiberjinoyatchilikning kelib chiqish sabablari psixoanalitik yondashuv hamda kognitiv xulq-atvor nazariyasi asosida ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Xalqaro tajriba, xususan, Budapesht konvensiyasi normalari o‘rganilgan va Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi bilan qiyosiy tahlil qilingan. Xulosada kiberjinoyatlarning rivojlanishiga qarshi kurashish va tergov qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan takliflar, amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalaridan kiberxavfsizlikni ta’minlash, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish hamda raqamli muhitda huquqbuzarliklarning oldini olishda foydalanish mumkin.



