О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA EKSTRADITSIYA INSTITUTINING TARTIBGA SOLINISHI: HOLATI, MUAMMOLARI VA TENDENSIYALARI
Kalit so‘zlar:
ekstraditsiya, ushlab berish, xalqaro jinoiy-huquqiy hamkorlik, protsessual kafolatlar, sudlov nazorati, ikki tomonlama jinoyatlilik, shaxs huquqlari, tranzit ekstraditsiyaAnnotatsiya
Maqolada О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 599–609-moddalarida belgilangan ekstraditsiya institutining huquqiy tartibga solinishi kompleks tahlil qilingan. Tadqiqot maqsadi ekstraditsiya jarayonining protsessual asoslari, shaxs huquqlari kafolatlari va amaliy qо‘llanish muammolarini aniqlash hamda ularni hal qilish bо‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda hujjatlar tahlili va komparativ-huquqiy usullari qо‘llanilgan. Birlamchi manbalar sifatida О‘zbekiston JPK, ikki tomonlama ekstraditsiya shartnomalari, Yevropa ekstraditsiya konvensiyasi, Minsk va Kishinyov konvensiyalari о‘rganilgan. Ikkilamchi manbalar О‘zbekiston Bosh prokuraturasi statistikasi (2020–2023-y., N = 342 sо‘rov), Yevropa inson huquqlari sudining pretsedent ishlari va ilmiy adabiyotlarni о‘z ichiga olgan. Komparativ tahlil Germaniya, Rossiya, Qozog‘iston va Janubiy Koreya qonunchiligi bilan amalga oshirilgan. Natijalar О‘zbekiston ekstraditsiya jarayonining “prokuror-markazlashgan” modelga asoslanganligini va sudlov nazorati Yevropa standartlaridan orqada qolayotganligini kо‘rsatdi. Tranzit ekstraditsiya yetarli darajada tartibga solinmagan. Shuningdek, ekstraditsiya qilishni rad etish asoslari, xalqaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish zarurati hamda sud nazoratini kuchaytirish orqali inson huquqlarini himoya qilish samaradorligini oshirish imkoniyatlari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirishga xizmat qilishi mumkin. Qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan taklif shakllantirildi.



