JINΟYAT ISHLARINI TERGΟV QILISHDA TERGΟVCHINING PRΟTSESSUAL MUSTAQILLIGI KAFΟLATLARINI KENGAYTIRISH XUSUSIYATLARI
Kalit so‘zlar:
tergοvchi, tergοvga tegishlilik, tergοvga taalluqlilik, prοkurοr nazοrati, dastlabki tergοv, huquqiy kafοlatlar, sud-huquq islοhοtlari, prοtsessual vakοlatlarAnnotatsiya
Mazkur maqolada jinoyat ishlarini tergov qilish jarayonida tergovchining protsessual mustaqilligi va uning kafolatlarini taʼminlash bilan bogʻliq nazariy hamda amaliy masalalar kompleks tarzda tahlil qilingan. Sud-huquq islohotlari chuqurlashib borayotgan hozirgi sharoitda jinoiy ishlarni xolis, adolatli va qonuniy tergov qilishda tergovchining mustaqil qaror qabul qilishi, dalillarni baholashda erkinligi va tashqi taʼsirlardan himoyalanganligi muhim ahamiyat kasb etishi asoslab berilgan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar, jumladan, Jinoyat-protsessual kodeks normalari, sud-huquq sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar hamda tergov organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil qilingan. Shu bilan birga, tergovchining protsessual mustaqilligiga taʼsir ko‘rsatuvchi omillar, ayniqsa idoraviy nazoratning ortiqcha kuchayishi, mansabdor shaxslarning aralashuvi va tashkiliy bo‘ysunuv mexanizmlarining amaliyotda qanday muammolarni keltirib chiqarayotgani ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda jinoyat ishlarining tergovga tegishliligi va tergovga taalluqliligi tushunchalari nazariy jihatdan tahlil qilinib, ularning o‘zaro farqli xususiyatlari asoslab berilgan hamda ushbu institutlarning jinoyat-protsessual qonunchilikdagi o‘rni ochib berilgan. Shuningdek, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga dastlabki tergov vakolatining berilishi munosabati bilan yuzaga kelayotgan huquqiy va tashkiliy masalalar tahlil qilingan. Amaldagi qonunchilikda mavjud ayrim huquqiy bo‘shliqlar ko‘rsatib o‘tilib, ularni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Xususan, tergovchining protsessual mustaqilligini mustahkamlash, tergov organlari o‘rtasidagi vakolatlarni aniq belgilash, departament tergovchilari faoliyatini huquqiy jihatdan mukammal tartibga solish hamda prokuror nazorati mexanizmlarini optimallashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.



