XORIJIY MAMLAKATLAR PROKURATURA MODELLARINING QIYOSIY-HUQUQIY TAHLILI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

prokuratura, model, huquqiy tizim, prokuror nazorati, attorney xizmati, jinoiy ta’qib, davlat ayblovi, huquqiy-nazorat

Annotatsiya

Ushbu maqolada xorijiy mamlakatlar prokuratura modellarining turlari hamda ularning huquqiy tabiati ochib berilgan. Prokuror modellarining tasnifi ularning zamonaviy huquq tizimlaridagi roli nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Xususan, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Xitoy, Rossiya modellari qiyosiy-huquqiy tahlil qilgan. Shu bilan birga, anglo-sakson hamda roman-german huquqiy tizimidagi prokuraturaning tashkiliy tuzilmasi hamda funksional faoliyati olimlarning ilmiy-nazariy yondashuvlari asosida yoritilgan. Ushbu huquqiy tizimdagi prokuratura modellarining ijobiy va salbiy tomonlari yoritib berilgan. Shuningdek, umumiy huquq va kontinental huquq mamlakatlaridagi prokuratura organlarining tabiati va ko‘lami, ikkita asosiy huquqiy tizim o‘rtasidagi eng muhim farqli jihatlar olimlarning yondashuvlari asosida muhokama qilinadi. Prokuratura faoliyatini tashkil etish yondashuvlari hamda prokuraturaning davlat hokimiyati organlari tizimidagi o‘rnidan, funksional mohiyatidan kelib chiqqan holda mamlakatlarning prokuraturasi to‘rt guruhga ajratib tahlil qilingan. Milliy prokuraturani shakllantirish hamda takomillashtirishda prokuratura modellarining ahamiyati atroflicha muhokama qilingan. Shuningdek, prokuraturaning tashkiliy jihatdan hokimiyat tizimidagi o‘rni turli huquqiy tizimlardagi davlatlar misolida ko‘rib chiqilgan. Prokuratura modellarining ijobiy jihatlari muallif tomonidan ilmiy asoslangan taklif sifatida milliy prokuratura tizimiga tatbiq etish uchun ishlab chiqilgan.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-07-08

Qanday Iqtibos Keltirish

XORIJIY MAMLAKATLAR PROKURATURA MODELLARINING QIYOSIY-HUQUQIY TAHLILI. (2026). YURIDIK FANLAR AXBOROTNOMASI, 10(2), 102-111. https://review.tsul.uz/index.php/yfa/article/view/597