ADVOKATGA NISBATAN QO‘LLANADIGAN INTIZOMIY JAZO CHORASI SIFATIDA LITSENZIYANING AMAL QILISHINI TUGATISHNING NAZARIY-HUQUQIY TAHLILI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

advokatning intizomiy javobgarligi, intizomiy jazo chorasi, litsenziyaning amal qilishini tugatish, malaka komissiyasi, advokatlik siri, advokat qasamyodi

Annotatsiya

Mazkur ilmiy maqolada advokatga nisbatan qo‘llanadigan eng qat’iy intizomiy jazo choralaridan biri bo‘lgan litsenziyaning amal qilishini tugatish institutining nazariy-huquqiy mohiyati kompleks tarzda tahlil qilingan. Unda ushbu choraning advokatlik kasbining obro‘si, kasbiy mas’uliyati hamda jamiyatning advokatura institutiga bo‘lgan ishonchini ta’minlashdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, advokatning intizomiy javobgarligi doirasida litsenziyani tugatishning huquqiy asoslari, uni qo‘llash mezonlari, protsessual tartibi va huquqiy oqibatlari milliy qonunchilik hamda ilmiy qarashlar asosida ochib berilgan. Tadqiqot jarayonida Qozog‘iston, Belarus, Turkiya, Rossiya, Litva, Sloveniya, Polsha va Estoniya qonunchiligi qiyosiy-huquqiy jihatdan o‘rganilib, ilg‘or yondashuvlar aniqlangan. Maqolada amaldagi milliy tartib-taomillarning ko‘p bosqichliligi, byurokratik murakkabligi va sud tartibining cho‘zilishi bilan bog‘liq amaliy muammolar asoslantirilgan. Yakunda ushbu intizomiy jazo chorasi ijro mexanizmlarini soddalashtirish, vakolatlarni maqbullashtirish va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish kafolatini saqlagan holda tizimni takomillashtirishga qaratilgan takliflar ilgari surilgan. Bundan tashqari, maqolada mazkur institutni qo‘llashda mutanosiblik, adolatlilik va kasbiy mustaqillik prinsiplariga rioya etish zarurati alohida asoslangan. Taklif etilgan yondashuvlar advokatura tizimida intizomiy javobgarlikning huquqiy aniqligi, izchilligi va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-07-08

Qanday Iqtibos Keltirish

ADVOKATGA NISBATAN QO‘LLANADIGAN INTIZOMIY JAZO CHORASI SIFATIDA LITSENZIYANING AMAL QILISHINI TUGATISHNING NAZARIY-HUQUQIY TAHLILI. (2026). YURIDIK FANLAR AXBOROTNOMASI, 10(2), 95-101. https://review.tsul.uz/index.php/yfa/article/view/596