JAMOAT TARTIBIGA QARSHI JINOYATLARNING SABABLARIGA DOIR ILMIY YONDASHUVLAR
Kalit so‘zlar:
jamoat, tartibi, qarshi, jinoyatlar, jinoyatchilik, sabablar, omillar, xulq-atvor, psixologiya, ijtimoiy.Annotatsiya
Mazkur maqolada jamoat tartibiga qarshi jinoyatlarning sabablariga doir ilmiy yondashuvlar tahlil etilgan. Bundan tashqari, maqolada jamoat tartibiga qarshi jinoyatlarga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlar tushunchasi, mazmun-mohiyati, tasnifi va ahamiyati oʻrganilib, jinoyatchilik sabablari atrof-muhitda kechayotgan oʻziga xos jarayonlar tizimi boʻlib muayyan ijtimoiy-psixologik voqeliklar oʻrtasidagi sababiy bogʻlanish asosida jinoiy oqibatni keltirib chiqarishi; jinoyatchilik sabablari maʼlum davr oraligʻida shakllangan, rivojlangan, yetilgan koʻp omilli, yaʼni sabablar zanjiri sifatida yoxud qisqa vaqt oraligʻida maʼlum bir aniq voqelik taʼsirida paydo boʻlgan bir omil ekanligi; jinoyat sodir boʻlishiga imkon yaratgan sharoitlar uning sabablari yuzaga kelishini jadallashtiradi yoxud jinoyatning sabablari yuzaga chiqib faol harakatga kelishi uchun qulay fursat, qulay vaqt omili sifatida namoyon boʻlishi; jinoyatning sabab va shart-sharoitlarini tasniflash profilaktik faoliyatni zarur axborotlar bilan taʼminlashning birlamchi vositasi, bu esa ushbu faoliyatni samarali rejalashtirish, jinoyatlarning barvaqt oldini olish imkoniyatlarini yaratishi; jinoyatning sabablari va shart-sharoitlarining qayd etib oʻtilgan tasniflari asosida oʻrganish, tizimlashtirish profilaktik subyektlar faoliyati yoʻnalishlarini, mexanizmlarini ishlab chiqishni taqozo etishi bilan bogʻliq masalalar ham tahlil etilgan.