OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI EKOLOGIYA SOHASIDAGI DAVLAT BOSHQARUVIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIKNI QOʻLLASHNING AYRIM MASALALARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

ekologiya, atrof-muhit, davlat-xususiy sheriklik, xususiy sherik, davlat sherigi, davlat-xususiy sheriklik loyihalari, konsessiya.

Annotatsiya

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish butun dunyoda, xususan, Oʻzbekistonda ham muhim vazifa hisoblanadi. Soʻnggi yillardagi eng muhim masalalardan biri Oʻzbekistondagi ekologik muammolarni hal qilishda xususiy investitsiyalarni jalb qilish hisoblanadi. Buning uchun davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan foydalanish butun dunyoda eng istiqbolli vosita sifatida koʻrilmoqda. Oʻz navbatida, ushbu institutning atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida samarali qoʻllanishi koʻp jihatdan uning huquqiy tartibga solinganlik samaradorligiga bogʻliq. Shu bilan birga, Oʻzbekiston qonunchiligidagi mavjud normalar hali ushbu shartga javob bermayapti. Chunki ekologiya sohasida davlat-xususiy sheriklikni tartibga soluvchi maxsus norma mavjud emas. Shuningdek, mavjud qonunchilik hujjatlari esa atrof-muhit maqsadlarida u yoki bu sabablarga koʻra foydalanishni cheklaydigan normalarni oʻz ichiga oladi. Oʻzbekiston Respublikasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat-xususiy sheriklikni huquqiy tartibga solishning eng maqbul modelini aniqlash uchun, avvalo, xorijiy mamlakatlarda bunday huquqiy tartibga solish tajribasini oʻrganish maqsadga muvofiq. Maqolada ekologiya sohasida davlat-xususiy sheriklikni qoʻllash tarmoqlari yuzasidan olimlarning qarashlari va xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga koʻra muallif tomonidan mazkur sohada davlat-xususiy sheriklikni qoʻllash davlat budjetini tejab qolish, sohaga samarali boshqaruv tizimini joriy etish hamda koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifati oshishiga olib kelishi xulosa qilingan.   

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-23