OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI ISROFGARCHILIGINI KAMAYTIRISHDA EKOLOGIK-HUQUQIY TARG‘IBOTNING AHAMIYATI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

oziq-ovqat mahsulotlari, isrofgarchilik, kam ta’minlangan aholi, chiqindilar, ekologik-huquqiy targ‘ibot, jahon miqyosidagi vaziyat, oziq-ovqat banklari, ekologik muhitni asrash, yaroqlilik muddati oz qolgan oziq-ovqatlar, mahsulotlarni xayriya maqsadida tekin berish, umumiy ovqatlanish shoxobchalari.

Annotatsiya

Ushbu maqolada dunyoda kuzatilayotgan oziq-ovqatlar taqchilligiga qaramasdan, minglab tonna oziq-ovqat chiqindilarga aylanayotgan, buning evaziga dunyoda millionlab odamlar ochlikdan aziyat chekayotgan ta’kidlangan. Bugungi kunda respublikamizda ekologik va huquqiy targ‘ibot orqali oziq-ovqat mahsulotlari isrofgarchiligini kamaytirish va kam ta’minlangan aholini bepul xayriya yo‘li bilan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash mumkinligi ko‘rsatib berilgan va misollar asosida ma’lumotlar keltirilgan. Xalqimiz orasida keng tarqalgan to‘ylarda oziq-ovqat isrofgarchiligiga yo‘l qo‘yilishi, chiqindilarning ko‘p qismi oziq-ovqat mahsulotlarini tashkil etishi achinarli holat. Bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ekologik-huquqiy targ‘ibot orqali aholiga shunday salbiy holatlarni kamaytirish yo‘li ko‘rsatilgan. Xorijiy tajribaga asoslanib, elektron platforma tuzish taklifi kiritilib, uy xo‘jaliklari va tadbirkorlik subyektlari o‘zlaridagi ortiqcha mahsulotlar haqida ma’lumot berishi, volontyorlar esa ushbu mahsulotlarni ehtiyojmand insonlarga yetkazib berishi mumkinligi yoritilgan. Maqsad xayriya qilingan oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, qadoqlash va saqlash hamda zarur bo‘lgan uskunalarni xarid qilish, oziq-ovqat mahsulotlarini tashish uchun zarur transport vositalarini sotib olish, oziq-ovqat banklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ularga davlat zaxirasidagi bo‘sh turgan binolarni bepul ijara huquqi asosida taqdim qilish tartibini joriy qilishdir.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-22