JINOYAT SUBYEKTINING JINS BILAN BOGʻLIQ FAKULTATIV BELGILARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

ayollar jinoyatchiligi, jinoyat subyekti, fakultativ belgilar, jinoyat huquqi, jazo tayinlash, gender tenglik, homiladorlik, ijtimoiy omillar, sud amaliyoti, huquqiy tahlil

Annotatsiya

Maqolada jinoyat sodir etgan ayollar misolida jinoyat subyekti fakultativ belgisi, ya’ni jins omili bilan bog‘liq jihatlar atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqotda ayollar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarning statistik koʻrsatkichlari, ularning oʻsish dinamikasi va hududlar kesimidagi holati yoritilgan. Shu bilan birga, olimlarning jinoyatchi ayollarning xususiyatlari haqidagi ilmiy qarashlari tahlil qilingan hamda ayollar sodir etgan jinoyatlarning sabablari ijtimoiy, psixologik va biologik omillar bilan bogʻliq holda oʻrganilgan. Muallif JK va sud amaliyotida ayollarga nisbatan jazo tayinlashda bir qator yengilliklar mavjudligini, aksincha, homilador ayolga nisbatan jinoyat sodir etilishi jazoni ogʻirlashtiruvchi holat sifatida baholanishini taʼkidlagan. Tahlil shuni koʻrsatadiki, ayollarga nisbatan jazo qoʻllashda jinsga oid fakultativ belgilar va ijtimoiy-huquqiy xususiyatlar inobatga olinadi, bu esa jinoyat qonunchiligida tenglik prinsipi bilan bir vaqtning oʻzida ijtimoiy himoyani taʼminlashga xizmat qiladi. Sud amaliyoti misollarida jinoyat sodir etgan shaxsning ayol ekanligi jazo tayinlashda yengillashtiruvchi holat sifatida baholangan. Tadqiqot yakunida ayollarning jinoyatchiligini tahlil qilishda ularning fiziologik, psixologik va ijtimoiy-huquqiy xususiyatlarini hisobga olish zarurligi, shuningdek, jazo tayinlashda oila mustahkamligi va farzandlar tarbiyasidagi rolni inobatga olish muhimligi taʼkidlangan.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-15