JINOYAT PROTSESSIDA MAXSUS IQTISODIY BILIMLAR TUSHUNCHASI VA OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Kalit so‘zlar:
maxsus iqtisodiy bilimlar, jinoyat protsessi, ekspertiza, mutaxassis, dalillar, iqtisodiy jinoyatlar, tergov harakatlari, sud ekspertizasi, jinoyat ishi, isbotlashAnnotatsiya
Ushbu maqolada jinoyat protsessida maxsus iqtisodiy bilimlar tushunchasi, mohiyati va ahamiyati chuqur tahlil qilingan. Xususan, maxsus iqtisodiy bilimlarning mazmun-mohiyati, asosiy elementlari va oʻziga xos belgilari ilmiy-nazariy jihatdan atroflicha oʻrganilgan. Maqolada maxsus iqtisodiy bilimlarning jinoyatlarni aniqlash, tergov qilish va sudda koʻrib chiqish jarayonidagi oʻrni va ahamiyati, shuningdek, ulardan foydalanishning protsessual shakllari tadqiq etilgan. Muallif maxsus iqtisodiy bilimlarning boshqa sohalardagi maxsus bilimlardan farqlovchi xususiyatlarini tahlil qilib, ularning oʻziga xos jihatlarini aniqlagan. Shuningdek, maqolada maxsus iqtisodiy bilimlardan jinoyat protsessida foydalanishning dolzarb amaliy muammolari yoritilgan. Maxsus iqtisodiy bilimlar asosida jinoyatlarni aniqlash, dalillarni toʻplash va mustahkamlash, tergov harakatlarini oʻtkazish, ekspertizani tayinlash va oʻtkazish, jinoyatlarning sodir etilish mexanizmi va jinoyatlarning oqibatlarini aniqlash, profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda sud qarorlarini asoslash masalalari tadqiq etilgan. Muallif maxsus iqtisodiy bilimlar tushunchasiga yangicha taʼrif bergan. Maqolada keltirilgan tahlil va xulosalar jinoyat protsessida maxsus iqtisodiy bilimlardan foydalanish samaradorligini oshirishga, sohadagi qonunchilikni takomillashtirishga hamda huquqni qoʻllash amaliyotini yaxshilashga xizmat qiladi.