OʻZBEKISTONDA NOTARIAT INSTITUTI TARIXI VA OʻZINI OʻZI BOSHQARISH TAMOYILI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

notariat, notarius, ixtiyoriy aʼzolik, oʻzini oʻzi boshqarish, palata, qonuniylik, ijtimoiy foydalilik, ochiqlik va shaffoflik, erkinlik, ijobiy va konstruktiv yondashuv prinsiplari, nodavlat notijorat tashkilotlari

Annotatsiya

Maqola Oʻzbekistonda notariat institutining tashkiliy-huquqiy asoslari va oʻzini oʻzi boshqarish tahliliga bagʻishlangan. Ishda respublikada notarial tizim rivojlanishining asosiy bosqichlari, birinchi notarial organlarning shakllanishi va SSSRning soʻnggi yillarida huquqiy tartibga solishda sodir boʻlgan oʻzgarishlar koʻrib chiqilgan. Notarius faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar tahlili hamda uning kasbiy tayyorgarligi va akkreditatsiyasi jarayoniga alohida eʼtibor qaratilgan. Shuningdek, maqolada Oʻzbekistonda notariatning tashkil etilishiga sovet huquq tizimining taʼsiri tadqiq etilib, sovet davrida mavjud boʻlgan asosiy muammolar va oʻziga xosliklar ochib berilgan hamda ularning keyingi davrda notariat yo‘nalishining rivojlanishiga taʼsiri tahlil qilingan. Shu bilan birga, maqolada sobiq Ittifoqda umumiy yuridik islohot doirasida notariat faoliyatini yaxshilash maqsadida Oʻzbekistonda koʻrilgan huquqiy va tashkiliy chora-tadbirlar ham koʻrib chiqilgan. Shuningdek, notariatning mustaqilligi va uning samaradorligini oshirish, notariuslarning jamiyat va professional hamjamiyati manfaatlari muvozanatini taʼminlash maqsadida qonunchilikni uygʻunlashtirish zarurligi taʼkidlangan. Notarial faoliyatni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish istiqbollari, nomarkazlashtirish tendensiyalarini hisobga olgan holda va huquqning turli sohalarida oʻzini oʻzi tartibga solishni kuchaytirish oʻrganilgan.  

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-15