TIBBIY TASHXISDA SUN’IY INTELLEKT VA BEMOR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH MUNOSABATLARINING HUQUQIY ARXITEKTURASI
Kan Yekaterina Eduardovna
Toshkent davlat yuridik universiteti Kiberhuquq kafedrasi o’qituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Tibbiy tashxisda sun’iy intellekt va bemorlarning huquqlarini himoya qilishning o‘zaro bog‘liqligi huquqiy arxitekturasini o‘rganish diagnostika tibbiyotida sun’iy intellektni qo‘llashning hozirgi holatini qisqacha ko‘rib chiqishni hamda uning potentsial foydalari va xavflarini tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. Ushbu maqolada tibbiy tashxisda sun’iy intellektdan foydalanishni tartibga soluvchi amaldagi normativ hujjatlar, jumladan, qonunlar, ko‘rsatmalar va eng yaxshi amaliyotlar, shuningdek, sog‘liqni saqlash hamda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish sohasidagi tartibga soluvchilarning roli ko‘rib chiqiladi. Tashxisda sun’iy intellektni qo‘llashning axloqiy jihatlari, masalan: bemorlarning maxfiyligini ta’minlash, tibbiy ma’lumotlarni himoya qilish, algoritmik tarafkashlikning oldini olish, tashxis qarorlarini qabul qilish jarayonining shaffofligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi. Tashxis amaliyotiga sun’iy intellektni joriy etishning aniq misollari keltirilgan, bu texnologiya bilan bog‘liq imkoniyatlar va muammolarni, shu jumladan,, muvaffaqiyatli hamda muvaffaqiyatsiz amalga oshirish holatlari tahlilini ko‘rsatadi. Tadqiqot sun’iy intellektdan foydalangan holda tashxis sohasidagi istiqbolli ishlanmalarni, jumladan, yangi texnologiyalar va tendentsiyalarni tavsiflaydi hamda ushbu innovatsiyalarga javoban me’yoriy-huquqiy bazaning evolyutsiyasini bashorat qiladi. Xulosada tadqiqot natijalari umumlashtirildi hamda bemorlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish zarurligini hisobga olgan holda tibbiy diagnostikada sun’iy intellektni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi.
Kalit so'zlar
su’niy intellekt, tibbiy tashxis, bemorlarni himoyalash, tibbiy etika, maxfiylik, raqamli sog‘liqni saqlash, su’niy intellekt mas’uliyati, shaxsiy ma’lumotlar, protokollar, sud amaliyoti, huquqiy muvozanat, innovatsiyalar.