Yuridik fanlar axborotnomasi 2-son 2024

Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan

Tulteyev Ilyas Tavasovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Maʼmuriy va moliyaviy huquq kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Maqolada Oʻzbekiston Respublikasida strategik rejalashtirishni huquqiy taʼminlash muammolari koʻrib chiqiladi, davlat faoliyatining koʻrsatib oʻtilgan turini huquqiy tartibga solishning nazariy tavsifi beriladi, strategik rejalashtirishni huquqiy taʼminlashning holati, ehtiyojlari va tendensiyalari tahlil qilinadi. Strategik rejalashtirish jarayoni tegishli tartibga solish, huquqiy rasmiylashtirishga muhtoj. Ushbu sohadagi huquqiy tartibga solish ilmiy va uslubiy asosda ishlab chiqilishi kerak. Shuning uchun strategik rejalashtirishni huquqiy tartibga solishga ilmiy yondashuvlarni ishlab chiqish masalasi huquq fanining dolzarb ilmiy-nazariy muammosidir. …

Normatov Bekzod Akram oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti dekan oʻrinbosari, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Muallif mazkur maqolada soliq nazoratining bir turi sifatida soliq tekshiruvi institutiga oid kategoriyalarni tahlil qilgan. Mazkur tadqiqotning maqsadi tadqiqot natijasida soliq tekshiruvlarini oʻtkazish tartibini takomillashtirishga qaratilgan taklif va xulosalar ishlab chiqishdan iborat. Soliq organlarining tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga toʻgʻridan toʻgʻri noqonuniy aralashishlarining oldini olish maqsadida soliq tekshiruvlari turi, hajmi va tartibining huquqiy asoslarini Soliq kodeksida aniq belgilash dolzarb masala.

Istamov Maxmud Shuxratovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada muallif Oʻzbekistonda saylov jarayoni ishtirokchisi sifatida siyosiy partiyalar, ularning maqomi, elektorati funksiyasini tadqiq qilgan. Tahlil etishda ilmiy bilishning tarixiy, tizimli, mantiqiy qiyosiy-huquqiy, statistik, ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish, huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish usullaridan foydalanilgan. Muallif tomonidan fuqarolar siyosiy faolligini oshirishda va saylov qonunchiligini hayotga tatbiq qilishda saylovlar jarayonidagi eng faol subyekt sanalgan siyosiy partiyalar va ularning saylovlarda elektorat manfaatlaridan kelib chiqib faol ishtirok etishi muhim ahamiyat kasb etishini koʻrsatib bergan. …

Mustanov Ilxom Abdivalijonovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Muallif mazkur maqolada Markaziy bank tomonidan banklar faoliyatini nazorat qilish tartibi, shakllari va usullarini tahlil qilgan. Ushbu tadqiqotning maqsadi tadqiqot natijasida banklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan taklif va xulosalar ishlab chiqishdan iborat. Markaziy bankning asosiy vazifasi moliya bozori, narx-navo va hisob-kitoblarning barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Mazkur maqsaddan kelib chiqib, Markaziy bank moliya tizimi barqarorlikni ta’minlash uchun zarur yuridik instrument va moliyaviy ta’sir etish vositalariga qonunda belgilangan tartibda ega bo‘ladi. Moliya tizimida banklar, ularning likvidligi, risklardan himoyalanganligi, omonatchilarning huquq va manfaatlari kafolatlanganligi birinchi darajali masala bo‘lib, mazkur qoidalarga amal qilmagan banklarga belgilangan tartibda choralar qo‘llanadi. …

Gulyamov Said Saidaxrarovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Kiber huquq kafedrasi mudiri, yuridik fanlar doktori, professor

Rustambekov Islombek Rustambekovich

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b, Xalqaro xususiy huquq kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Maqolada Oʻzbekiston kriptobirjalari kiberxavfsizligining murakkab landshafti tahlil qilinib, kiberxavfsizlik siyosati va tartibga solish asoslarini ishlab chiqish hamda ularni amalga joriy etishning ahamiyati taʼkidlanadi. Unda dolzarb va rivojlanayotgan raqamli tahdidlar aniqlangan, shuningdek, ilgʻor yumshatish choralarining samaradorligi baholangan. Bundan tashqari, blokcheyn asosida shaxsni tasdiqlash, nol bilimli dalillar va koʻp tomonlama xavfsiz hisob-kitoblar kabi innovatsion huquqiy va texnologik vositalarning transformatsion salohiyati oʻrganilgan. …

Mahmudxodjayeva Umida Muminovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori

Annotatsiya
Zamonaviy dunyo oqimida yangicha tartib-taomillarning shiddat bilan hayotimizga kirib kelayotganligini inobatga olib taʼkidlash joizki, ota-ona va bolalar oʻrtasidagi oilaviy munosabatlarning murakkab vaziyatlari vujudga kelayotganligi ayni haqiqatdir. Shuningdek, oila va bolalarning huquq va manfaatlari borasidagi insoniyatning qarashlari soʻnggi yigirma yil ichida tubdan oʻzgardi. Shu bilan birga, biz oila huquqi deganda huquqlarni himoya qilish usullari – tegishli huquqlarni majburiy amalga oshirish, ularni tiklash va (yoki) tan olish, shuningdek, aybdor shaxsga taʼsir koʻrsatishga qaratilgan soha qonunchiligi bilan tartibga solinadigan va sud tomonidan qoʻllanadigan davlat choralarini tushunamiz. …

Egamberdiyev Eduard Xajibayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Kiber huquq kafedrasi mudiri o‘rinbosari, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Shaimardanova Dilafruz Dilmuratovna

Toshkent davlat yuridik universiteti kiber huquq yo‘nalishi bo‘yicha magistratura talabasi

Annotatsiya
Maqolada vasiyat qiluvchining raqamli obyektlarga nisbatan so‘nggi istagini amalga oshirish bilan bog‘liq huquqiy muammolar tahlil qilindi. Vasiyatnoma obyektlari raqamli shakldagi intellektual faoliyatning turli natijalari: ijtimoiy tarmoq va messenjerlardagi akkauntlar, bulutli xotiralardagi fotosurat va videolar, matnli hujjatlar, musiqa, elektron kitob va boshqa fayllar bo‘lishi mumkin. Maqolada raqamli obyektlarning huquqiy mohiyatini meros obyekti sifatida aniqlashdagi qiyinchiliklarning sabablari batafsil ko‘rib chiqildi. …

Otajonov Abrorjon Anvarovich

Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Maqolada giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar, ularning analoglari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar boʻyicha qonunni qoʻllash amaliyoti muammolari tahlil qilingan, ijtimoiy xavflilik xususiyatlari ochib berilgan, xalqaro hujjatlarga moslashtirish zarurati va ushbu turdagi jinoyatlar uchun javobgarlikni takomillashtirish istiqbollari muhokama qilingan. Tadqiqot natijasida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar, ularning analoglari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi jinoyat qonuni normalarini tartibga solishdagi mavjud boʻshliqlar va qarama-qarshiliklar aniqlangan. …

Xudaykulov Feruzbek Xurramovich

Toshkent davlat yuridik universiteti, Jinoyat huquqi, krimonologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi professori v.b., yuridik fanlar doktori (DSc)

Annotatsiya
Mazkur maqolada tadqiq etishning mantiqiylik, induksiya, deduksiya, tizimlilik, mantiqiy-yuridik, qiyosiy-huquqiy metodlaridan keng foydalanilgan. Jumladan, birinchi navbatda, jinoyat huquqida harakatsizlik tushunchasi, uning obyektiv va subyektiv mezonlari keng yoritilgan. Jinoyat huquqida aralash harakatsizlikda sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish toʻgʻrisidagi olimlarning ilmiy qarashlari, tadqiqotlari, ular oʻrtasidagi oʻzaro oʻxshash va farqli jihatlar atroflicha bayon qilingan. …

Abduxakimov Murodullo Togʻayevich

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshligʻi, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Ushbu maqolada xorijiy mamlakatlarda yer fondining taqsimlanishi, ayrim rivojlangan xorijiy mamlakatlar va MDH davlatlarida yer munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solishning umumiy masalalari, AQSh, Yevropa hamda MDH davlatlarida yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish boʻyicha turli yondashuvlar, xorijiy mamlakatlarda yer toʻgʻrisidagi qonunlar ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishga prokuratura organlarining aloqadorligi masalalari, yer nazoratini amalga oshirish maqsadida tashkil qilingan prokuratura organlarining tuzilmalari hamda ularning vazifa va funksiyalari koʻrib chiqilgan. …

Islomov Bunyod Ochilovich

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi, “KDB Bank Oʻzbekiston” AJ yuridik boshqarmasi boshligʻi

Annotatsiya
Ushbu maqolada xorijiy mamlakatlar jinoyat huquqida yuridik shaxslarga nisbatan jazoni yengillashtirish masalalari, shu jumladan, yuridik shaxslarga jazo tayinlashda inobatga olinadigan holatlar, xususan, jazoni yengillashtiruvchi holatlar, qasddan, ehtiyotsizlik orqasida hamda takroran sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash, yuridik shaxslarni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish masalalari tahlil qilingan. …

Gulyamova Gulnora Yakubovna

Toshkent davlat yuridik universiteti professori, filologiya fanlari nomzodi

Annotatsiya
Mazkur maqolada tilshunoslik boʻlimi – leksikologiyada tilning asosiy lugʻaviy birligi boʻlmish leksemalar, ularning maʼnoviy aloqadorligi, yuridik terminologiyada sinonimiya, polisemiya hodisalari, leksik sinonimlar, variantdorlik, oʻz va oʻzlashma terminlardan iborat sinonimik qator, kalka, terminlarning “bitta termin – bitta tushuncha” prinsipi, lingvistik omil – polisemiya, polisemantik terminlar, bundagi chalkashliklar, yuridik terminlarning mavzuiy guruhlari, umumhuquqiy tezaurus xususida fikr yuritiladi. …