OʻZBEKISTONDA MAʼMURIY TARTIB-TAOMILLARNING ASOSIY PRINSIPLARINI QOʻLLASHNING AYRIM JIHATLARI

Yusupov Sardorbek Bahodirovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi mudiri, yuridik fanlar doktori (DSc)

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada mamlakatimizda soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan maʼmuriy islohotlar natijasida ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining shaffofligi va ochiqligini taʼminlash, jismoniy va yuridik shaxslarga axborot taqdim etishning zamonaviy shakllarini joriy qilish, jamiyat va biznes bilan oʻzaro hamkorlik qilishda ortiqcha maʼmuriy sarf-xarajatlarga barham berish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar tizimli tahlil qilinadi. Bu borada “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilab berilgan maʼmuriy tartib-taomillarning asosiy prinsiplari mazmun-mohiyatini tushunish dolzarb ahamiyatga ega ekanligi, shuningdek, ushbu prinsiplar maʼmuriy tartib-taomillarning asosiy qoidalarini belgilab berganligi hamda ushbu prinsiplarni toʻgʻridan toʻgʻri qoʻllash zarurati tahlil qilinadi.
Kalit so'zlar
maʼmuriy islohotlar, ijro etuvchi hokimiyat, shaffoflik, ochiqlikni taʼminlash, jismoniy shaxs, yuridik shaxs, axborot, xususiy shaxs, taʼsir chorasi.