QILMISHNING JINOIYLIGINI ISTISNO QILUVCHI HOLATLAR SHAXS HUQUQ VA ERKINLIKLARINI SUDDAN TASHQARI HIMOYA QILISH SHAKLLARI SIFATIDA
Choriyev Аnvar Qoʻziyevich
Buxoro viloyati Kogon shahri IIB masʼul xodimi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Huquqni qoʻllash amaliyotida va ijtimoiy tarmoqlarga nazar tashlaydigan boʻlsak, ayrim kishilarda Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida belgilangan qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun nazarda tutilgan, degan xato tasavvur shakllanganligini koʻrish mumkin. Maqolada muallif mana shu kabi qarashlarning xato ekanini, qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar, avvalo, shaxs huquq va erkinliklarini suddan tashqari himoya qilishning qonuniy shakllari sifatida qonunchilikka kiritilganligini koʻrsatib berishga harakat qiladi. Bu boʻyicha xorijiy mamlakatlar tajribasidan misollar keltiradi. Ularni bir-biri bilan hamda Oʻzbekiston jinoyat qonunchiligi bilan taqqoslaydi. Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar yuzasidan shakllangan huquqiy tartibga solish modellari, ilmiy-nazariy doktrinalarni ochib beradi. Bunda asosiy eʼtiborni qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi eng koʻp uchraydigan holatlar: zaruriy mudofaa, oxirgi zarurat, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish holatlariga qaratadi. Shu bilan birga, mazkur holatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillariga nisbatan ham tatbiq etilishi mumkinligiga toʻxtalib oʻtadi. Muallif maqolani xulosalar ekan, xorijiy davlatlar tajribasining aynan qaysi jihatlarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish mumkinligi istiqbollarini ham bayon etadi.
Kalit so'zlar
shaxs huquq va erkinliklari, oʻz-oʻzini himoya qilish, suddan tashqari himoya, zaruriy mudofaa, oxirgi zarurat, jinoyatchiga zarar yetkazish.