ZARURIY MUDOFAA CHEGARASIDAN CHETGA CHIQIB QASDDAN ODAM O‘LDIRISH JINOYATI TARKIBINI ANIQLASH VA KVALIFIKATSIYA QILISH MASALALARI
Hakimov Komil Baxtiyarovich
Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar doktori
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib qasddan odam o‘ldirish jinoyati tarkibini aniqlash va kvalifikatsiya qilish masalalari tahlil etilgan. Shuningdek, JKning 100-moddasida nazarda tutilgan odam o‘ldirishning obyektiv tomoni quyidagi belgilar mavjudligi bilan tavsiflanishi, ya’ni: mudofaalanuvchining ijtimoiy xavfli harakati; tajovuzchining o‘limi ko‘rinishidagi ijtimoiy xavfli oqibat; harakatlar va ko‘rsatilgan oqibatlar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish kabilar ham yoritib berilgan. Bundan tashqari, mudofaani qo‘llash asosi sifatida tajovuz ijtimoiy xavfli harakat usuli bilan sodir etilishi hamda ijtimoiy xavfli tajovuzni harakatsizlik bilan qaytarish mumkin emasligi, ammo tajovuzchining salbiy ta’sirlaridan qochish, masalan, qochish, huquq-tartibot idoralariga yordam so‘rab murojaat qilish orqali oqibatlar kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik bilan bog‘liq fikrlar ham berilgan. Maqolada zaruriy mudofaa shart-sharoiti nafaqat jinoiy tajovuz, balki mudofaalanuvchining ushbu tajovuzni qaytarish kuchlari, vositalari va imkoniyatlari, shuningdek, tajovuzchi va mudofaalanuvchining kuchlari nisbatini belgilaydigan boshqa obyektiv omillarni ham o‘z ichiga olishi hamda nisbatan qulay va noqulay himoya sharoitlari farqlanishi, bu zarar yetkazishning chegaralari va ulardan chetga chiqishga sezilarli ta’sir qilishi bayon etilgan.
Kalit so'zlar
ayb, zaruriy mudofaa, chegarasidan chetga chiqish, mudofaa, tajovuz, qasddan, odam o‘ldirish, jinoyat, jazo, javobgarlik.