SUD BOSQICHLARIDA JINOYAT PROTSESSI ISHTIROKCHILARINING XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASH ASOSLARI
		Umarxonov Azizxon Sharipxonovich
Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi, dotsent, yuridik fanlar nomzodi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
 Fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish, ularning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa huquqlarini qonunchilikda yanada mustahkamlash, odil sudlov tizimining chinakam mustaqilligi va ochiqligini taʼminlash, oʻz navbatida, tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish, mavjudlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonunchilik hujjatlarini bekor qilishni taqozo etadi. Sudlarda ishlarni koʻrib chiqishda inson huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va taraflarning tortishuvchanlik tamoyilini roʻyobga chiqarish bugungi kunda adolatli jamiyatning eng muhim boʻgʻini hisoblanadi. Muallif tomonidan maqolada sud bosqichlarida jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash muammosini ilmiy (doktrinal) asoslash va ilmiy tadqiqotning miqdoriy qismini yetarli darajada toʻplash zarurligini hisobga olib, qabul qilingan huquqiy hujjatlar bilan bir qatorda, jinoiy odil sudlovga hissa qoʻshayotgan shaxs, shuningdek, zamonaviy jinoiy sudlovning boshqa ishtirokchilari uchun jinoiy-protsessual xavfsizlik choralarini sud amaliyotida samarali qoʻllash muammosi haqida bir qancha fikr va mulohazalarga kelingan.
 
Kalit so'zlar
  sud, xavfsizlik, himoya, kodeks, maxfiylik, ayblanuvchi, jabrlanuvchi.