JAZO TAYINLASHDA YENGILLASHTIRUVCHI HOLATLARNI HISOBGA OLISH MASALALARI
Rozimova Qunduz Yuldashevna
Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi dotsenti, yuridk fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada yengilroq jazo tayinlashda jinoyat qonunida belgilangan jazoni yengillashtiruvchi holatlar muhim ahamiyat kasb etishi, shuningdek, yengilroq jazo tayinlash bevosita jazoni yengillashtiruvchi holatlar bilan bog‘liqligi bo‘yicha nazariy va huquqiy asoslar ko‘rsatib berilgan. Maqolada milliy va xorijiy olimlarning jazoni yengillashtiruvchi holatlar to‘g‘risidagi fikrlari guruhlarga bo‘lib o‘rganilgan. Shuningdek, JKning 55-moddasida jazoni yengillashtiruvchi holatlar nazarda tutilgan bo‘lib, ular jazo tayinlash jarayonida bevosita sudlar tomonidan qo‘llanishi bayon etilgan. Yengillashtiruvchi holat JK Maxsus qismining tegishli moddalarida jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sifatida nazarda tutilgan bo‘lsa, jazo tayinlashda hisobga olinmasligi lozimligi misollar bilan asoslangan. Jazo tayinlashda hisobga olinadigan yengillashtiruvchi holatlar yuzasidan MDH davlatlari Jinoyat kodekslari normalari tahlili keltirilgan. Jazo tayinlashda yengillashtiruvchi holatlar ro‘yxatini kengaytirish lozimligi ta’kidlanib, asoslantirilgan takliflar ilgari surilgan.
Kalit so'zlar
jazo, jazo tayinlash, ayb shakli, jazoni yengillashtiruvchi holatlar, qilmish, javobgarlik, jinoyat sodir etish usuli, motiv, qilmishning xavflilik darajasi, tibbiy yoki boshqa tarzda yordam ko‘rsatish xususiyati, boshqa holatlar.