GIBRID HUQUQ TIZIMINING MOHIYATI VА UNING QO‘LLАNISHI

Turdialiyev Muhammad Аli Po‘latjon o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro xususiy huquq kafedrasi o‘qituvchisi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada gibrid huquq tizimining mohiyati, klassik taʼrifi hamda qo‘llanilishi tahlil qilingan. Bugungi kunda dunyoning huquqiy xaritasida bir nechta huquqiy tizimlar mavjud bo‘lib, romano-german huquqiy tizimi, umumiy huquq, diniy huquq va aralash huquqiy tizimlar shular jumlasidan. Mazkur maqolada aralash huquqiy tizimlar, yaʼni ikki yoki undan ortiq huquqiy tizimlar birgalikda ishlaydigan huquqiy tizimlar o‘rganilgan. Aralash huquqiy tizimlarni o‘rganish huquqiy tizimlarni tasniflashning qiyosiy tahlili, romano-german huquqi va umumiy (ingliz) huquq tizimi o‘rtasidagi munosabatlarni ochib berishga bag‘ishlangan. Shuningdek, umumiy huquq tizimi va uning ahamiyati, qiyosiy tahlil va huquqiy rivojlanishdagi muhim roli aks ettirilgan. Bundan tashqari, maqolada Lozanna, Gonkong, Kvebek, Malta kabi dunyoning bir qancha mamlakatlaridagi bir davlatda ikkita huquqiy tizimni joriy etish bo‘yicha xorijiy tajriba tahlil qilingan. Ushbu tahlillar natijasida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ingliz qonunchiligini joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
аralash huquqiy tizimlar, Legal dualism, gibrid yurisdiksiyalar, romano-german huquq tizimi, umumiy huquq, diniy huquq, aralash huquqiy tizimlar, bitta davlatda ikkita huquqiy tizim prinsipi.