JINOYAT ISHLARINI YUQORI INSTANSIYA SUDLARIDA QAYTA KО‘RISHNING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY ASOSLARI 
		Kuchkarov Xayrulla Zikirillayevich
О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti
Jinoiy-huquqiy fanlar kafedrasi professori,
yuridik fanlar bо‘yicha falsafa doktori, (PhD) 
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada qonunchilik normalari, ilmiy fikr va mulohazalarning ilmiy tahlili amalga oshirilgan hamda sud qarorlarini qayta kо‘rish institutini qо‘llash amaliyoti о‘rganilgan. Jinoyat ishlarini yuqori instansiya sudlari, jumladan, apellyatsiya va kassatsiya tartibida qayta kо‘rishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari tizimli tadqiq etilgan. Yuqori instansiya sudlarida jinoyat ishlarini qayta kо‘rib chiqish institutining ahamiyati va mohiyati borasida aniq tushunchalar, jinoyat ishlarini yuqori instansiya sudlarida qayta kо‘rish asoslari, protsessual vositalaridan foydalanish vakolatlariga ega bо‘lgan subyektlar, yuqori instansiya sudlarida qonuniy kuchga kirmagan va kirgan hukm, ajrim va qarorlarni qayta kо‘rishning protsessual tartibi, yuqori instansiya sudlarining qarorlari hamda ularning vakolatlari bilan bog‘liq bо‘lgan bir qator huquqiy masalalar yoritib о‘tilgan. Maqolada amaldagi qonun hujjatlariga kiritilgan о‘zgartirish va qо‘shimchalar ahamiyati hamda mazmuni tahlil qilingan. О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Jinoyat-protsessual kodeksi hamda boshqa qonun va normativ-huquqiy hujjatlar, turli tadqiqotchilarning fikr-mulohazalarini ilmiy tahlil qilish asosida jinoyat ishlarini yuqori instansiya sudlarida qayta kо‘rishga oid xulosa va takliflar ishlab chiqildi. 
Kalit so'zlar
  sud qarorlari, apellyatsiya, odil sudlov, kassatsiya, yuqori instansiya sudi, shikoyat, protest, iltimosnoma.