KONSTITUTSIYAVIY ISLOHOTLAR DAVRIDA AMNISTIYA VA AFV ETISH INSTITUTINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI

Ataniyazov Jasurbek Kurbanbayevich

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti doktoranti, kapitan

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada dunyo mamlakatlari konstitutsiyalarida afv etish instituti qo‘llashning turlari, mavjud protsessual muammolar va ish yurituvini rad etish yoki tugatish asoslari sifatida qayd etishning huquqiy tartibga solish jihatlari tadqiq etilgan. Shuningdek, maqolada qonunchilik nuqtayi nazaridan afv etish va amnistiyaning o‘zaro farqli jihatlari, afzalliklari hamda tafovutlari tahlil qilingan bo‘lib, unda mavjud kollizion holatlar borasida fikrlar bildirilgan. Afv etish institutini takomillashtirish zarurati yuzasidan olimlarning fikrlari bilan o‘zaro ilmiy bahsga kirishilgan holda amaliyot tahlili va mavjud huquqiy muammolarga e’tibor qaratilgan hamda mazkur muammolarni huquqiy tartibga solish jihatlari tadqiq etilgan. Shuningdek maqolada afv etish tartibida jinoiy javobgarlikdan ozod etishning zaruriy shartlari huquqiy jihatdan tahlil etilib, unda nafaqat jazodan, balki javobgarlikdan ozod etish sharti yuzasidan fikrlar bildirilgan. Shu bilan birga, maqolada afv etishni javobgarlikdan ozod etishning yangi turi sifatida kiritish zarurati yuzasidan fikrlar, amaliyot tahlili va mazkur muammolar boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqotda analiz, sintez, induksiya, deduksiya, qiyosiy-huquqiy tahlil kabi metodlardan foydalanilgan. Tadqiqot ishida ilg‘or xorijiy tajriba, ilmiy-nazariy qarashlar va tergov hamda sud amaliyoti o‘rganilgan, buning natijasi o‘laroq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Jinoyat-protsessual kodeksiga va boshqa qonun hamda qonunosti hujjatlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.
Kalit so'zlar
Konstitutsiya, afv etish, amnistiya, javobgarlikdan ozod etish, jinoyat ishini tugatish, ish yurituvini rad etish.