OTA-ONALIK HUQUQI VA MAJBURIYATLARIGA OID TUSHUNCHALARGA YURIDIK TAVSIF: NAZARIYA VA AMALIYOT

Xayitov Muzaffar Muxamadjonovich

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy
kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi
mustaqil izlanuvchisi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan oilaning mustahkam bo‘lishi, farovon oilaning qaror topishida muhim o‘rin tutgan ota-onalik huquqlari va majburiyatlari, ularga rioya qilinishining o‘rni va ahamiyati tadqiq qilingan. Oila, ota-ona va farzand o‘rtasidagi munosabatlar muhim huquqiy kategoriya sifatida konstitutsiyaviy normalar darajasida tartibga solinganiga eʼtibor qaratilgan. Shu bilan birga, ota-onalik huquqi va majburiyatlariga doir nazariy hamda amaliy jihatlar, mazkur munosabatlarga oid ayrim muammolar o‘rganilgan. Maqolada ota-onalik huquqi tushunchasini tashkil qiluvchi tarkibiy elementlar, yaʼni otalik, onalik, huquq kabi tushunchalar tadqiq etilib, mazkur tushunchalarga oid mualliflik yondashuvlari ilgari surilgan. Ota-onalik majburiyatlarini bajarmaslik, ota-onalik huquqlarining suiisteʼmolligi kabi salbiy holatlar tahlil qilindi. Ota-ona va farzand o‘rtasidagi munosabatlarning oqilona nisbatini saqlash, mazkur munosabatga doir qonunlarga rioya qilish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ilgari surildi. Ota-onalik huquqi va majburiyatlarini bilish, mazkur tushunchalar zamiridagi yuksak masʼuliyatni tushunish, ota-onalik huquqi va majburiyatlariga oid normalarga rioya qilmaslik muayyan javobgarliklarga sabab bo‘lishini anglash, bolalarning himoyaga, qo‘llab-quvvatlashga hamda muhofazaga muhtoj ekanligini tushunish ota-onalik huquqi va majburiyatlariga rioya qilinishida muhim o‘rin tutishiga eʼtibor qaratilgan.
Kalit so'zlar
oila, ota-ona, otalik, onalik, huquq, majburiyat, qadriyat, taʼminot, huquqiy ong.
Iqtibos uchun
For citation: