NIZOLARNI MUQOBIL TARTIBDA HAL QILISHDA HAKAMLIK SUDLARI VA ULARNING TURLARI
		Haqberdiyev Abdumurod Abdusaidovich
Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti, yuridik fanlar bо‘yicha falsafa doktori (PhD)
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mamlakatimizni modernizatsiya va isloh etish sharoitida huquqni muhofaza qiluvchi va sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalo, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini har tomonlama himoya qilishga qaratilgan. О‘tgan davr mobaynida sud hokimiyatini bosqichma-bosqich mustahkamlab borish, sud mustaqilligini ta’minlash, inson va fuqaro huquq-erkinliklarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan keng kо‘lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu о‘rinda ta’kidlab о‘tish joizki, bugungi kunda vakolatli sudlardan tashqari nizolarni muqobil tartibda hal qilishda hakamlik sudlari tomonidan ham fuqarolik va iqtisodiy nizolar bо‘yicha bir qancha ishlar kо‘rib chiqilishida turli muammolar uchrab turibdi. Mazkur maqolada arbitraj (hakamlik) sudlari va ularning turlari masalasi xorijiy tajribani tahlil qilgan holda о‘rganib chiqilgan. Hakamlik sudining turlari, xususiyatlari, ahamiyati va ularga qо‘yilgan talablar xususida chel el davlatlarining normativ-huquqiy hujjatlarini о‘rganib chiqish davomida milliy hakamlik sudining turlari xususida tо‘xtab о‘tilgan. Ushbu maqolada nizolarni muqobil tartibda hal qilishda hakamlik sudlari va ularning turlari masalasi kо‘rib chiqilib, milliy qonunchiligimizga taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. 
Kalit so'zlar
  hakamlik sudi, hakamlik sudi tasnifi, arbitraj sudi, arbitr, hakamlik sudining turlari, normativ-huquqiy hujjat, qonun, kodeks.
Iqtibos uchun
For citation: