INTELLEKTUAL MULK OBYEKTLARIGA NISBATAN HUQUQLAR VA QONUNIY MANFAATLARNI SUD ORQALI HIMOYA QILISH INSTITUTSIONAL VA HUQUQIY TIZIMINING MOHIYATI, ZARURIYATI VA UMUMIY TAVSIFI

Okyulov Omonbay

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist, Toshkent davlat yuridik universiteti “Fuqarolik huquqi” kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Fuqarolik huquqlari tizimida intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqlar va qonuniy manfaatlar anʼanaviy fuqarolik huquqlari bo‘lgan mulk huquqi, majburiyat huquqi, delikt majburiyatlarga nisbatan yaqinda vujudga keldi, deb aytish mumkin. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquq egalarining o‘zlari ham bu huquqlar mazmunini to‘laqonli anglab, ulardan samarali foydalanish ko‘nikmasini hali-hanuz anglab yetgani yo‘q. Аgar intellektual mulkni ijtimoiy maʼnaviy hayotimizda va iqtisodiy rivojlanishda asosiy drayver, yaʼni harakatlantiruvchi kuch ekanini eʼtiborga olsak, bu sohada jiddiy, tizimli tadbirlarni amalga oshirishimiz lozim. Bu tizimli tadbirlar ichida intellektual mulk obyektlariga nisbatan sud orqali huquqiy himoya samarali amaliyoti va ko‘nikmalarini shakllantirish asosiy o‘rinni egallaydi. Tadqiqotda sudlarda intellektual mulk huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan huquq normalari hamda huquqshunos olimlarning ilmiy-nazariy qarashlaridan foydalanildi. Mavzu yuzasidan tegishli xulosa va tavsiyalar berildi.
Kalit so'zlar
intellektual mulk, ijodiy faoliyat natijalari, mutlaq huquqlar, mualliflik huquqi, patent huquqi, ilmiy suverenitet, sud orqali himoya, ma’muriy tartibdagi himoya, sudgacha himoya tartibi.
Iqtibos uchun
For citation: