JAMOATCHILIK KENGASHLARINING NORMA IJODKORLIGI JARAYONIGA TA’SIRI
		Nabijonov Islomjon Ikromjon o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
 Maqolada norma ijodkorligi jarayonida jamoatchilik kengashlarining tutgan roli tahlil etilgan. Ushbu jarayonda ularning qanchalik ta’sir etishi ko‘rsatib o‘tilgan. Jamoatchilik kengashining tarkibi, vazifalari va ularning kengashda tutgan o‘rni o‘rganilgan va amaliy misollar keltirilgan. Bugungi kunda jamoatchilik kengashlarining norma ijodkorligi jarayonida samaradorlikni oshirishda tutgan o‘rni, ular tomonidan berilgan takliflarning inobatga olinishi qay darajada ahamiyatga ega ekanligi tadqiq etilgan. Milliy va xorijiy olimlarning ilmiy ishlari o‘rganib chiqilgan hamda ulardan iqtiboslar keltirilgan. Shuningdek, maqolada amaliy tajribadan kelib chiqib, tegishli vazirlik, qo‘mita, idora huzuridagi jamoatchilik kengashlarining faoliyati aniqlangan. Ularning tarkibida jamoatchilik kengashlari bor yoki yo‘qligi tadqiqot natijasida ko‘rsatib berilgan. O‘rganishlar asosida qonunchilikni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
Kalit so'zlar
  jamoatchilik kengashi, jamoatchilik palatasi, norma ijodkorligi, jamoatchilik nazorati, ochiqlik, davlat boshqaruvi organlari, normativ-huquqiy hujjatlar, fuqarolik jamiyati, jamoatchilik muhokamasi.
Iqtibos uchun
For citation: