АQSHDA NODАVLАT NOHUKUMАT TАSHKILOTLАRINING YURIDIK TА’LIMDАGI O‘RNI

Yunusov Haydarali Muratovich

Toshkent davlat yuridik universiteti, “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada АQShda yuridik taʼlim sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi nodavlat tashkilotlarning yuridik taʼlimdagi o‘rni haqida so‘z boradi. Muallifning taʼkidlashicha, nodavlat nohukumat tashkilotlari taʼlim sifatini nazorat qilish, qabul imtihonlarini tashkil etish, samarali boshqaruvni taʼminlash, ilmiy ishlanmalarni ommalashtirish, bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash, endigina kasbiy faoliyatini boshlagan mutaxassislarning malakasini oshirish sohalarida oliy taʼlim muassasalariga ko‘mak beradi. Maqolada ularning eng asosiylari haqida batafsil maʼlumot beriladi. Yuridik sohadagi nodavlat uyushmalari faoliyatining tahlili asosida tahliliy xulosalar qilinadi. АQSh tajribasidan kelib chiqqan holda, respublikamizda nodavlat tashkilotlarning taʼlim sohasidagi o‘rnini kuchaytirishga oid takliflar ilgari suriladi.
Kalit so'zlar
huquq maktablari, nodavlat nohukumat tashkilotlari, yuridik taʼlim, taʼlim sifati, yuridik faoliyat, yuridik amaliyot, kasbiy uyushmalar, akkreditatsiya.
Iqtibos uchun
For citation: