SOLIQ INTIZOMINI BUZGANLIK UCHUN MA’MURIY JAVOBGARLIK
Ergashev Ikrom Abdurasulovich
Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, dotsent, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik asoslari yoritilgan. Bunda soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikda belgilangan soliq intizomini buzganlik uchun moliyaviy javobgarlikka doir normalar tizimli tahlil qilingan, bu borada xorijiy davlatlar tajribasi qiyosiy o‘rganilgan, mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan, sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar bildirilgan. Shu bilan birga, maqolada soliq huquqbuzarliklarining oldini olish soliq siyosati ustuvorligiga aylanishi zarurligi o‘rganilgan. Bunga soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish, soliq monitoringi va nazoratini amalga oshirishning zamonaviy usullarini joriy etish, soliq majburiyatlarini bajarishda soliq to‘lovchilarga har tomonlama ko‘maklashish kabilarni hayotga tatbiq etish orqali erishilishi asoslangan. O‘zbekiston Respublikasida soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik masalasini soliq va moliya huquqiga doir ilmiy-nazariy adabiyotlar, tegishli statistik ma’lumotlar va boshqa amaliyot materiallarini o‘rganish hamda tahlil qilish orqali hal qilish muhim ekanligi tahlil etilgan.
Kalit so'zlar
soliq agenti; soliq intizomi; soliq ma’muriyatchiligi; soliq tizimi; majburiyat; huquqbuzarliklar; soliqlar turlari; majburiy to‘lovlar; soliq majburiyati; soliq to‘lovchi; javobgarlik; moliyaviy javobgarlik; yuridik javobgarlik.
Iqtibos uchun
For citation: