NIZOLARNI TINCH YО‘L BILAN HAL QILISH VOSITASI SIFATIDA XALQARO TERGOV KOMISSIYALARI TUZISHNING XALQARO-HUQUQIY ASOSLARI
Egamberdiyev Dilshod Alisherovich
Toshkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi katta о‘qituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
О‘tgan asrning boshlarida xalqaro tergov komissiyalari dastlab davlatlar tomonidan xalqaro nizolarni tinch yо‘l bilan hal etishga kо‘maklashish maqsadida tuzila boshlangan. Xalqaro hamjamiyatda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil etilgandan sо‘ng xalqaro tergov komissiyalari xalqaro maydonda inqirozli vaziyatlarni tekshirish, xalqaro huquq doirasida buzilgan holatlar haqida tо‘liq xabardor bо‘lish va aybdorlarning aybdorlik masalalarini hal qilish maqsadida tuzib kelinmoqda. Shu bilan bir qatorda xalqaro tergov komissiyalari faoliyatiga bugungi kunda genotsid, insoniyatga qarshi jinoyatlar, urush jinoyatlari, inson huquqlarining buzilishlari bilan bog‘liq vaziyatlarni о‘rganish va tergov qilish maqsadida kо‘proq ehtiyoj sezilmoqda. Bir sо‘z bilan aytganda, xalqaro tergov komissiyalari xalqaro huquqning inson huquqlari, xalqaro gumanitar huquq va xalqaro jinoyat huquqi sohalarida sodir etilgan huquqbuzarliklarni о‘rganish maqsadida murojaat etiladigan xalqaro huquq institutlaridan biri bо‘lib qoldi. Komi ssiyalar tuzish, о‘z navbatida, xalqaro huquqda о‘zining huquqiy asoslariga ega. Ushbu maqolada muallif xalqaro tergov komissiyalari tuzishning huquqiy asoslari va samarali faoliyatini ilmiy asoslab bergan. Shuningdek, mazkur faoliyatni yanada rivojlantirish bilan bog‘liq fikr-mulohazalar yuritgan.
Kalit so'zlar
tergov, komissiya, xalqaro huquq, konvensiya, deklaratsiya, nizo, tinch, Jeneva, Gaaga, konferensiya.
Iqtibos uchun
For citation: