INSON HUQUQLARI SOHASIDA NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARINING HUQUQIY VA IJTIMOIY FAOLLIGI

Nosirova Marjona Negmat qizi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti tayanch doktoranti

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada fuqarolik jamiyatining muhim tarkibiy qismi sifatida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining ijtimoiy-siyosiy va huquqiy asoslari tahlil qilingan. Ularning inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ishtirokini ta’minlashdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Nodavlat notijorat tashkilotlari jamiyat va davlat o‘rtasida vositachi bo‘lib, o‘zaro hamkorlikni, davlatning fuqarolar oldidagi huquqiy va ijtimoiy majburiyatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi. Tadqiqot jarayonida O‘zbekiston Respublikasida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qonun hujjatlari, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, O‘zbekiston qo‘shilgan inson huquqlari sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining roli tahlil qilingan. Aholining huquqiy madaniyatini shakllantirish, huquqiy ta’lim, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, joylarda inson huquqlariga rioya etilishini monitoring qilishda ushbu tashkilotlarning hissasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’kidlash joizki, bunday tashkilotlarning ustuvor vazifasi inson qadr-qimmati, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, jamiyatda qonun ustuvorligi, ijtimoiy adolat va shaffoflik tamoyillarini ta’minlashdan iborat.
Kalit so'zlar
nodavlat notijorat tashkiloti, inson manfaatlari, inson huquqlari, nodavlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati