SUN’IY INTELLEKTNING HUQUQIY MAQOMI MASALASIGA QIYOSIY YONDASHUV: YEVROPA ITTIFOQI VA O‘ZBEKISTON TAJRIBASI
Inoyatov Nodirbek Xayitboy o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti Kiber huquq kafedrasi o‘qituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada sun’iy intellektning huquqiy shaxs maqomi masalasi Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston qonunchiligi misolida qiyosiy-huquqiy tahlil asosida o‘rganilgan. Tadqiqotda YIning “AI Act”, “AI Liability Directive” va “General Data Protection Regulation” kabi asosiy hujjatlari tahlil qilinib, ularning SI tizimlarini xavf darajasiga ko‘ra tartibga solish, inson huquqlarini himoya qilish va javobgarlikni aniqlashdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasi, “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish” strategiyasi, “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllab-quvvatlash uchun maxsus rejim tashkil etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom va yangi qonun loyihalari asosida SI sohasida yaratilayotgan maxsus huquqiy rejimlar tahlil qilingan. Natijalar YI modelining inson markazidagi xavfga asoslangan yondashuvga tayanishini, O‘zbekiston modelining esa innovatsiyalar, iqtisodiy o‘sish va texnologik mustaqillikka yo‘naltirilganini ko‘rsatdi. Maqola yakunida O‘zbekiston uchun YI tajribasidan foydalanib, xavfga asoslangan tartibga solish, shaffoflik va mas’uliyat tamoyillarini milliy qonunchilikka integratsiya qilish zarurligi asoslab berilgan.
Kalit so'zlar
sun’iy intellekt, huquqiy shaxs maqomi, Yevropa Ittifoqi, O‘zbekiston, Sun’iy intellekt to‘g‘risidagi qonun, javobgarlik, qiyosiy tahlil