EKSPERIMENTAL HUQUQIY REJIMLARNI LOYIHALASHTIRISH: NAZARIY-HUQUQIY TAHLIL
Hayitov Sherzod Raxmatullayevich
Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi professori v.b., yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy yondashuv asosida huquq ijodkorligi jarayonida so‘nggi yillarda jadal rivojlanayotgan usullardan biri – eksperimental huquqiy rejimlar (EHR)ning nazariy mohiyati, ularni qo‘llash mexanizmlari hamda qo‘llashning afzallik va kamchiliklari ilmiy asosda yoritib berilgan. Shuningdek, maqolada eksperimental huquqiy rejimlar (EHR)ning qonun ustuvorligi, tenglik va huquqiy aniqlik tamoyillariga ta’siri tahlil qilingan. Muallif rus va xorijlik huquqshunoslar fikrlariga tayangan holda, EHRlarning huquqiy va metodologik asoslarini yaratish zarurligini asoslaydi. Xususan, huquqiy eksperimentning huquq tizimidagi o‘rni, uning siyosiy-huquqiy shartlari, loyihalash va baholash bosqichlari, xalqaro va milliy tajribalar tahlil etilgan. Bundan tashqari, maqolada eksperimental huquqiy rejimlar huquqiy aniqlik, tenglik va adolat tamoyillariga xavf solishi mumkinmi, degan masala ham o‘rganilgan. Chunki EHR doirasida ishtirok etuvchi subyektlarning huquqiy maqomi o‘zgarib, ular ma’lum huquqiy imtiyozlarga ega bo‘ladi, natijada boshqa subyektlar esa umumiy qoidalar ta’siri ostida qoladi. Aynan ushbu holatni ayrim tadqiqotchilar adolat va tenglik tamoyillariga zid deb baholaydi. Shuningdek, maqolada ilmiy xulosalar hamda milliy qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan amaliy takliflar ilgari surilgan.
Kalit so'zlar
eksperimental huquqiy rejimlar, tajriba, huquqiy eksperiment, huquq ijodkorligi, qonun ustuvorligi, qonun hujjatlari, qonun loyihasi, me’yoriy-huquqiy hujjatlarning ta’sirini baholash, tenglik