MASʼULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATDA ULUSHNI SOTISH MUNOSABATLARINING HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHI: NAZARIYA VA AMALIYOT
Saidov Maqsudbek Norboyevich
Toshkent viloyat maʼmuriy sudining sudyasi, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Fuqarolik munosabatlarining obyekti sifatida masʼuliyati cheklangan jamiyatdagi ulushni haq evaziga boshqaning ixtiyoriga o‘tkazishning bir qator oʻziga xos xususiyatlari mavjud. Biroq Fuqarolik kodeksi normalari korporativ munosabatlarni toʻgʻridan toʻgʻri qamrab olmagani sababli ulushni haq evaziga boshqa shaxsga oʻtkazish jarayonida ayrim tushunmovchiliklar kelib chiqmoqda. Baʼzi hollarda esa bu tushunmovchiliklar sudlarda koʻrilayotgan ishlarning predmetiga aylanmoqda. Bundan tashqari, ulushga egalik huquqini roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq tartib-taomillar baʼzan korporativ munosabatlarda beqarorlikni keltirib chiqarmoqda. Maqolada masʼuliyati cheklangan jamiyat ishtirokchisining ulushini boshqa ishtirokchilarga yoki uchinchi shaxslarga sotish masalalari nazariy va amaliy tahlil qilindi. Fuqarolik qonunchiligidagi ayrim shartnomalar (oldi-sotdi, sessiya)ga oid normalarni ulushni boshqa shaxsga oʻtkazish munosabatlariga nisbatan qoʻllash toʻgʻrisidagi fikrlar koʻrib chiqildi. Oʻzbekistonda va xorijiy davlatlarda ulushni tasarrufdan chiqarish tartibi qiyoslanib, shu asosda milliy qonunchiligimizdagi ayrim normalarni takomillashtirish boʻyicha takliflar ilgari surildi. Shuningdek, ulushni boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq sud amaliyoti tahlil qilinib, alohida koʻrib chiqilgan ishlar misolida sudlar tomonidan ushbu huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonun normalarini qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari oʻrganildi. Huquqni qoʻllashning dolzarb muammolari, ularni keltirib chiqaruvchi sabablar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida tahlil qilinib, ularning yechimi yuzasidan shaxsiy mualliflik pozitsiyasi bildirildi.
Kalit so'zlar
masʼuliyati cheklangan jamiyat, ishtirokchi, ulush, ulushni sotish, imtiyozli huquq, huquqni himoya qilish