TADBIRKORLIK FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISH MEXANIZMLARI VA ULARNI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
Rahmatov Azizbek Iskandar o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Bugun tadbirkorlik sohasini rivojlantirish va tadbirkorlarning o‘z faoliyatlarini boshlash jarayonida ularni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Faoliyatini qisqa muddatda tugatmaslik hamda turli byurokratik to‘siqlarga uchramasligi uchun qonunchilik bazasini takomillashtirish orqali bir qancha soliq imtiyozlari qo‘llanib, litsenziya va ruxsatnomalarni olish jarayonlari soddalashtirilmoqda. Qolaversa, turli davlat idoralari tomonidan talab etiladigan bir qancha hujjat va ma’lumotlarni so‘rab olish bekor qilinib, tegishli axborot tizimlari orqali zarur axborotni vakolatli organlar orqali bevosita olish tartiblari belgilandi. Har bir tadbirkor uchun o‘z faoliyatini boshlashda zarur bo‘lgan asosiy manba mablag‘ hisoblanadi. Ushbu mablag‘ bilan tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tib, faoliyat yuritishi uchun joyga egalik qiladi. Qolaversa, faoliyatni boshlash uchun asosiy vositalarni xarid qilib, xodimlarning ish haqini to‘laydi. Shu sababli bugungi kunda faoliyatni moliyalashtirish tartiblarini osonlashtirish, ularning turlarini kengaytirish muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda har bir moliyalash usulining o‘ziga xos afzallik va noqulay tomonlari mavjud. Tadbirkorlik faoliyatini moliyalash bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari qabul qilingan boʻlsa-da, ularning turlari va foydalanish tartibi turli xilligi va murakkabligi sohaga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishni, shuningdek, qo‘shimcha moliyalashtirish mexanizmlarini qonunchilikka joriy etishni talab qiladi. Mazkur maqolada moliyalashning ahamiyati, uning turlari hamda o‘ziga xos jihatlari, faoliyatni moliyalash bilan bogʻliq munosabatlarning huquqiy tartibga solinishi turli olimlarning izlanishlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining milliy qonunchiligi asosida ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilingan.
Kalit so'zlar
tadbirkorlik, moliyalash, kredit, subsidiya, faktoring, venchur kapital, kraudfanding, shaxsiy mablag‘lar