NOGIRONLIGI BOʻLGAN SHAXSLAR HUQUQIY MAQOMI KONSEPSIYASI: HUQUQIY TAHLIL
Ismailov Bekjon Salihovich
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Huquqiy fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari har tomonlama tahlil qilingan. Ayniqsa, nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqiy maqomi tushunchasi va uning asosiy tarkibiy elementlari – huquq layoqati (yuridik jihatdan huquq va majburiyatlarga ega boʻlish qobiliyati) hamda muomala layoqati (shaxsning yuridik munosabatlarda ishtirok etish va huquqiy oqibatlarni yuzaga keltirish qobiliyati) alohida koʻrib chiqilgan. Ushbu elementlarning yuridik va amaliy ahamiyati koʻrib chiqildi, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslarning jamiyatdagi teng huquqli mavqeyi muhimligi taʼkidlandi. Shuningdek, maqolada nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqiy maqomiga doir yurtimiz va xalqaro huquqshunoslar tomonidan ilgari surilgan turli fikrlar va yondashuvlar qiyosiy-huquqiy tahlil etilgan. Bu orqali har bir yondashuvning afzalliklari va zaif tomonlari aniqlanib, xalqaro me’yorlar bilan uygʻunligi koʻrsatilgan. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan mualliflik ta’rifida nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqiy maqomi inson huquqlari, erkinliklari va tenglik prinsiplariga asoslanadi. Ushbu ta’rif zamonaviy huquqiy talablar va xalqaro konvensiyalar bilan hamohang boʻlib, nogiron shaxslarning jamiyatda teng huquqli ishtirokini ta’minlashga qaratilgan. Bundan tashqari, mazkur ta’rifning amaliy qoʻllanishi nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy va iqtisodiy hayotga toʻlaqonli integratsiyasini ta’minlashda muhim rol oʻynaydi.
Kalit so'zlar
nogironligi boʻlgan shaxslar, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar, huquqiy maqom, muomala layoqati, huquq layoqati, davlat, ijtimoiy himoya siyosati