QUROLLI KUCHLAR HARBIY XIZMATCHILARINI UY-JOY BILAN TAʼMINLASHNING DOLZARB MASALALARI: OʻZBEKISTON VA XALQARO TAJRIBA
		Xoliqov Sarvar Mingishovich
Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
 
Ushbu maqolada qurolli kuchlar harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan taʼminlashning dolzarb masalalariga doir rivojlanish tendensiyalari, mavjud muammolar va jarayonlarni rivojlantirish istiqbollari hamda bu yoʻnalishdagi chet el mamlakatlari tajribasi haqida soʻz boradi. Xususan, maqolada Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilarining uy-joy bilan taʼminlanishi, bu yoʻnalishdagi mavjud qonunchilik normalari tahlili, milliy va xorijiy olimlarning fikr-mulohazalari bayon etilgan. Tadqiqotda harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan taʼminlash borasidagi davlat dasturlari, imtiyozli ipoteka kreditlash mexanizmlari, xizmat turar joylari bilan taʼminlash, turar joy ijarasi kompensatsiyasi, idoraviy turar joy fondidagi uylarni xususiylashtirish kabi ijtimoiy imtiyozlar tahlil qilingan. Muallif tomonidan quyidagi asosiy muammolar aniqlangan: navbatdan tashqari uy-joy olish huquqiga ega boʻlgan harbiy xizmatchilar toifasining qonunchilikda aniq belgilanmaganligi, turli hududlar oʻrtasidagi uy-joy maydoni hamda narxlaridagi tafovutlar, davlat tomonidan ajratiladigan moliyaviy resurslarning real ehtiyojlarga mos kelmasligi, ota-onalari bilan yashaydigan harbiy xizmatchilarning huquqiy maqomi masalasining mukammal hal etilmaganligi. Maqolada yagona elektron hisob tizimini joriy etish, imtiyozli kategoriyalar roʻyxatini qonunchilikda aniq belgilash, mavjud idoraviy uy-joy fondidan samarali foydalanish, moliyaviy taʼminot mexanizmlarini takomillashtirish kabi amaliy takliflar ilgari surilgan. Muallif tomonidan xorijiy davlatlar tajribasi oʻrganilib, milliy qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Shuningdek, harbiy xizmatchilarning konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash va ularning ijtimoiy himoyalanganlik darajasini oshirish uchun davlat dasturlarining ahamiyati asoslangan.
Kalit so'zlar
 
Qurolli Kuchlar, Milliy gvardiya, mudofaa, harbiy xizmatchi, uy-joy fondi, davlat dasturi, davlat budjeti, subsidiya