FUQAROLIK VA IQTISODIY PROTSESSDA SUDYA YORDAMCHISINING HUQUQIY MAQOMI

Xudoynazarov Dadaxon Avaz oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi mudiri oʻrinbosari, yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada sudya yordamchisi (katta yordamchisi) – sud majlisi kotibining iqtisodiy va fuqarolik protsessidagi ishtirokiga oid barcha jarayonlar tahlil qilindi. Sudya yordamchisi (sud majlisi kotibi)ning huquqiy maqomini aniqlashtirish bo‘yicha bahs-munozaralar mavjudligi ushbu mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Shundan kelib chiqib, uning huquqiy maqomini belgilash borasidagi xorijiy va mahalliy huquqshunos olimlarning fikrlari o‘rganildi, sudya yordamchisi faoliyatiga oid tushunchalarga oydinlik kiritildi. Muallif sudya yordamchisi (sud majlisining kotibi)ning odil sudlovga koʻmaklashuvchi shaxslardan yana bir farqi ularni protsessga jalb qilish tartibida namoyon boʻlishini ta’kidlaydi. Shuningdek, ishda ishtirok etayotgan shaxslar sud majlisi kotibini asosli rad etish huquqiga ega ekanini amaldagi qonunchilikka ko‘ra asoslaydi. Maqolada sudya (sud) uchun katta kuch sifatida qaraladigan sudya yordamchisining vazifalari va funksiyalari qonunchilik hujjatlari asosida ko‘rib chiqilib, xulosalar qilindi. Uning faoliyatini raqamlashtirish boʻyicha xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganildi. Tadqiqot natijasida xoʻjalik va fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar va boshqa sudlarda sudya yordamchisi (sud majlisi kotibi) ishtiroki bilan bogʻliq ijobiy hamda salbiy tomonlar mavjudligi aniqlandi. Xulosada mavjud muammolarni hal etish, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar va takliflar berildi.
Kalit so'zlar
sudya yordamchisi, sudya, bayonnoma, iqtisodiy jarayon, zarur talablar, hakamlik sudi, oʻzini rad qilish