VIRTUAL MAKONDA MUALLIFLIK HUQUQINI HIMOYA QILISH VA JAVOBGARLIK MASALALARI

Lapasov Asliddin Toʻlqin oʻg‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazi boʻlim boshlig‘i

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqola virtual makonda mualliflik huquqi buzilishi, uni aniqlash va javobgarlik masalalariga bag‘ishlangan. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi sharoitida mualliflik huquqi buzilishiga oid yangi muammolar yuzaga chiqib, natijada bu huquqni himoya qilishni murakkablashtirmoqda. Maqolada mualliflik huquqining buzilish sabablari, virtual makonda huquqiy nazorat va monitoring qilish vositalari, shuningdek, qonunbuzarliklarni aniqlash texnologiyalari tahlil qilindi. Xususan, huquqiy va texnologik vositalar yordamida virtual muhitda mualliflik huquqini himoya qilishning dolzarb muammolari koʻrsatilib, xalqaro va milliy darajadagi javobgarlik masalalari oʻrganildi. Tadqiqot natijalariga koʻra, virtual makonda mualliflik huquqini samarali himoya qilish va qonunbuzarliklarni kamaytirish uchun qonunchilikni takomillashtirish, texnologik vositalarni rivojlantirish va aholi oʻrtasida huquqiy savodxonlikni oshirish lozimligi ta’kidlandi. Mazkur maqola raqamli huquqbuzarliklarga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydali boʻlib, huquqiy himoyani kuchaytirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni oʻz ichiga oladi. Maqola huquqshunoslar, tadqiqotchilar va raqamli muhitda intellektual mulk bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun foydali boʻlib, mualliflik huquqini himoya qilishda yangi yondashuv va huquqiy strategiyalarni ishlab chiqish uchun muhim asos boʻlib xizmat qiladi.
Kalit so'zlar
mualliflik huquqi, virtual makon, huquq buzilishi, javobgarlik, raqamli huquq­buzarliklar, onlayn kontent himoyasi, huquqiy monitoring, sun’iy intellekt