YEROSTI SUVLARI BILAN BOG‘LIQ QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Otamirzayev Oybek Murodullo o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti Ekologiya huquqi kafedrasi o‘qituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Bugungi kunda yerosti suvlari bilan bogʻliq munosabatlarni huquqiy tartibga solish zarurati tobora ortib bormoqda, chunki bu resurslar davlat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega. Mazkur soha boʻyicha qonunchilikdagi ziddiyatlarni bartaraf etish, boʻshliqlarni toʻldirish hamda xorij tajribasi asosida u bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish bugungi kunning davr talabidir. Tadqiqot jarayonida yerosti suvlarining strategik muhimligi, ulardan oqilona foydalanish mexanizmlari hamda muhofaza choralariga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, Germaniya, Buyuk Britaniya, Ozarbayjon va boshqa yirik yurisdiksiyalar amaliyoti oʻrganilib tahlil qilindi. Tadqiqotda statistik, qiyosiy-huquqiy, tarixiy-huquqiy va empirik tahlil metodlaridan foydalanilgan holda milliy qonunchilikni takomillashtirish masalalari oʻrganildi. Natijada yerosti suvlari bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishdagi asosiy normativ huquqiy hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Suv kodeksining ahamiyati, yerosti suvlari muhofazasida tutgan oʻrni va unga oʻzgartirishlar kiritish muhokama etildi. Yuqoridagi davlatlarning ilgʻor qonunchiligidan koʻrinadiki, sohaga nazariy, amaliy, shuningdek, huquqiy jihatdan oʻzgartirishlar kiritish zaruriyati yuzaga kelmoqda. Shuningdek, muallif yerosti suvlaridan foydalanish bilan bogʻliq mavjud qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan bir qator takliflarni keltirgan.
Kalit so'zlar
suv qonunchiligi, yerosti suvlari, yer qa’ri, tabiiy resurs, yerosti suvlarini muhofaza qilish