BOLALAR HUQUQLARINING MILLIY VA XALQARO HUQUQIY TIZIMDAGI OʻRNI: OʻZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI MISOLIDA NAZARIY-AMALIY TAHLIL
Xudayberdiyeva Maftuna Zafar qizi
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti tayanch doktoranti
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu tadqiqot Oʻzbekiston Respublikasi misolida bolalar huquqlarining xalqaro va milliy huquq tizimidagi oʻrnini kompleks tahlil qilishga bagʻishlangan. BMTning 1989-yilgi Bolalar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi universal normativ asos ekanligi, uni milliy huquq tizimlariga joriy etish ustuvor vazifa ekanligi belgilangan. Mamlakatimizda bolalar huquqlarini himoya qilish sohasida muhim huquqiy islohotlar amalga oshirildi, qonunchilik bazasini takomillashtirishda sezilarli yutuqlarga erishildi. Shunga qaramay, amaldagi qonun hujjatlarining ijrosi va ularni amaliyotda qoʻllashda tizimli muammolar saqlanib qolayotgani aniqlangan. Xususan, bolalarning odil sudlovga va sud himoyasiga murojaat qilish imkoniyatlarini kafolatlovchi mexanizmlarning yetishmasligi, raqamli texnologiyalar davrida yuzaga kelayotgan yangi tahdidlar, xususan, kiberbulling va onlayn zoʻravonlikdan huquqiy himoya choralarining zaifligi, shuningdek, amaliyotda bola huquqlari asosan deklarativ xarakter kasb etayotgani oʻrganilgan. Maqolada bolalar huquqlarini samarali amalga oshirishni taʼminlaydigan milliy mexanizmlarni ishlab chiqish zarurati asoslantirilgan hamda sohada olib borilayotgan islohotlarni xalqaro majburiyatlar, BMTning Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi va boshqa tegishli xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish yuzasidan qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
BMTning Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi, Bola huquqlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston qonunchiligi, Bola huquqlari boʻyicha vakil (Bolalar ombudsmani), bolalar huquqlarini himoya qilish, xalqaro standartlar, odil sudlovdan foydalanish, kiberbulling, bolalar odil sudlovi