ZAMONAVIY BIOTEXNOLOGIYA SOHASIDAGI FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Mamanazarov Sardor Shuxratovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Ingliz huquqi va Yevropa Ittifoqi huquqi kafedrasi mudiri, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu tadqiqot biotexnologiya sohasidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlarning nazariy asoslari va amaliy xususiyatlarini kompleks tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi biotexnologiya tushunchasini aniq belgilash, uning tarixiy rivojlanish dinamikasini chuqur o‘rganish hamda biotexnologiya sohasidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini tizimli va keng qamrovli tahlil qilishdan iborat. Muammoning qo‘yilishi zamonaviy biotexnologiya faoliyatining an’anaviy fuqarolik huquqi institutlariga nisbatan tubdan farqlanuvchi o‘ziga xos tabiatga ega ekanligidan kelib chiqadi. Tadqiqot jarayonida qiyosiy-huquqiy, tahliliy-sintetik metodlar, tarmoqlararo ilmiy yondashuv va tizimli tahlil usullari keng qo‘llangan. Xalqaro nufuzli tashkilotlar tomonidan berilgan ta’riflarning batafsil qiyosiy tahlili asosida biotexnologiyaning mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan. Tadqiqot davomida biotexnologiya sohasidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlarning bir qancha muhim va asosiy o‘ziga xos xususiyatlari aniqlandi: tarmoqlararolik va fanlararo integrallashtirish, dinamiklik va texnologik tezkorligi, yuqori noaniqlik va risk faktori, xalqaro xarakter va global integrallashtirish, etik-huquqiy duallik va ijtimoiy mas’uliyat, yuqori kapitalizatsiya va uzoq investitsiya sikli, regulyativ murakkablik va ko‘p darajali nazorat. Olingan natijalar biotexnologiya huquqini mustaqil huquqiy soha sifatida rivojlantirish, ixtisoslashgan huquqiy institutlar yaratish va an’anaviy fuqarolik huquqi konsepsiyalarini tubdan qayta ko‘rib chiqish zarurligini yaqqol ko‘rsatadi.
Kalit so'zlar
biotexnologiya, fuqarolik-huquqiy munosabatlar, intellektual mulk, shartnomaviy majburiyatlar, huquqiy tartibga solish, patent huquqi, fuqaroviy javobgarlik