TIBBIY MAʼLUMOTLAR XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASHNING XALQARO-HUQUQIY VA KONTSEPTUAL ASOSLARI

Yusupova Faringiz Oʻktam qizi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti dotsenti v.b., yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada sogʻliqni saqlash tizimining jadal raqamlashtirilishi sharoitida tibbiy maʼlumotlar xavfsizligini xalqaro darajada tartibga solishning nazariy-huquqiy asoslari koʻrib chiqiladi. Muallif maxfiy tibbiy maʼlumotlarni himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan, Yevropa Ittifoqining Maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha umumiy reglamenti (GDPR), Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining raqamli sogʻliqni saqlash boʻyicha yoʻriqnomalari, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tavsiyalari hamda boshqa xalqaro institutlar faoliyatini tahlil qilishga alohida eʼtibor qaratadi. Raqamli sogʻliqni saqlash tizimlarining global integratsiyalashuvi sharoitida tibbiy maʼlumotlarni ishonchli himoya qilishni taʼminlovchi yagona huquqiy standartlar va tamoyillarni shakllantirish muhimligi taʼkidlanadi. Telemeditsina, elektron tibbiy kartalar, diagnostikadagi sunʼiy intellekt tizimlari va mobil tibbiy ilovalardan foydalanishda yuzaga keladigan huquqiy va axloqiy muammolar ochib beriladi. Shuningdek, muallif maʼlumotlarga ruxsatsiz kirish, ularning transchegaraviy uzatilishi, shaxsga doir tibbiy maʼlumotlarni saqlash qayta ishlash va ulardan foydalanish boʻyicha yagona yondashuvlar yetishmasligi bilan bogʻliq xavflarni oʻrganadi. Ayrim davlatlarning huquqni qoʻllash amaliyoti hamda Yevropa Ittifoqi, MDH kabi mintaqaviy birlashmalarning raqamli xavfsizlik va tibbiy etika sohasidagi faoliyati tahlil qilinadi. Maqola yakunida milliy qonunchilikni xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish, sogʻliqni saqlash, sohasida axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha kompleks siyosat ishlab chiqish, nazorat organlari va transmilliy hamkorlik rolini kuchaytirish yuzasidan aniq takliflar bildiriladi. Shu bilan birga, texnologik taraqqiyot va shaxsning asosiy huquqlari – shaxsiy hayot, daxlsizlik va shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish oʻrtasidagi muvozanatni saqlash zarurligi alohida qayd etiladi.
Kalit so'zlar
tibbiy maʼlumotlar, axborot xavfsizligi, xalqaro huquq, sogʻliqni saqlash, maxfiylik, Yevropa Ittifoqining Maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha umumiy reglamenti (GDPR), Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST), raqamli sogʻliqni saqlash, maʼlumotlar himoyasi, xalqaro tartibga solish