OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING YANGI TAHRIRDAGI KONSTITUTSIYASI ASOSIDA JINOYAT QONUNINI TAKOMILLASHTIRISH BOʻYICHA AYRIM MULOHAZALAR
Safarov Djaxongir Ismoilovich
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi, yuridik fanlar doktori, dotsent
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi asosida jinoyat qonunini takomillashtirishning bir qator yoʻnalishlari tahlil qilindi. Bunda ilmiy bilishning tahliliy, umumlashtirish, qiyosiy-huquqiy, tizimli-tuzilmaviy va formal yuridik oʻrganish usullaridan foydalanildi. Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi tegishli qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishidan yoki mavjudligidan qatʼi nazar, toʻgʻridan toʻgʻri amal qiladi, bu esa boshqa qonun hujjatlari, shu jumladan, insonning asosiy huquq va erkinliklariga daxl qiluvchi jinoyat qonunining ham Konstitutsiyaga muvofiqligini koʻrib chiqishni taqozo etadi. Shu munosabat bilan maqolada yangi tahrirdagi Konstitutsiyadan kelib chiqib, Jinoyat kodeksini takomillashtirish boʻyicha soha vakillari oldida turgan asosiy vazifalar haqida fikr yuritilgan. Xususan, jinoiy jazo choralarini mutanosiblik va yetarlilik konstitutsiyaviy prinsiplariga muvofiqligi nuqtayi nazaridan qayta koʻrib chiqish yoʻnalishida ozodlikni cheklash jazosini qoʻllash mumkin boʻlgan shaxslar doirasini aniq belgilash, Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jazo choralarining eng kam va eng koʻp miqdorlari oraligʻidagi jazo choralarini qoʻllash asoslarini tushuntiruvchi qoʻllanma tayyorlash, mutanosiblik va yetarlilik kabi konstitutsiyaviy prinsiplardan kelib chiqib, ayrim jinoyatlarni dekriminalizatsiya qilish hamda ayrim jinoiy jazo miqdorlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflar ilgari surilgan. Shuningdek, Jinoyat kodeksining tegishli institutlarini davlatning jabrlanganlarga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi uchun shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy majburiyatini amalga oshirish nuqtayi nazaridan qayta koʻrib chiqish hamda Jinoyat kodeksida taqiqlangan ayrim jinoyat tarkiblarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish boʻyicha ham aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
konstitutsiya, konstitutsiyaviy prinsip, mutanosiblik prinsipi, yetarlilik prinsipi, jazo tizimi, ozodlikni cheklash, dekriminalizatsiya, jabrlanuvchi, zarar